+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida “Odam savdosi – davr muammosi!” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tadbiri o’tkazildi!

Hozirgi vaqtda odam savdosi o’ta xavfli tus olgan bo’lib, turli jinoyatlarning sodir etilishiga zamin hozirlaydi. Odam savdosining jinoiy bozori giyohvandlik vositalari va qurol-yarog’ savdosidan keyin uchinchi o’rinni egallayotgani uning nechog’lik xavfli illat ekanligidan dalolatdir.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari o’rtasida odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlarning oldini olish maqsadida 2019-yilning 12-fevral sanasida “Odam savdosi – davr muammosi!”  mavzusida tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda  Xorazm viloyati IIB TEQKB tezkor vakili, kapitan T.U. Sherliyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm bo’limi bosh mutaxassisi G’.O’.Otajanovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

 

Interfaol usulda o’tkazilgan tadbir davomida odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari, ushbu jinoyatlarni aniqlash va fosh etishda tezkor-qidiruv tadbirlarining o’rni, mazkur jinoyatlarni tergov qilishning o’ziga xos jihatlari, voyaga yetmagan jabrlanuvchilarning psixologik va huquqiy holatini aniqlash usullari hamda jabrlanuvchilarga ko’maklashish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar o’rtoqlashildi.





TTA Urganch filiali

                        Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.