+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexovning tavallud ayyomiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi

2019-yilning 5-fevral sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Tillar kafedrasi o’qituvchisi Yusupova Tatyana Eduardovna tomonidanfilialning 1-bosqich talabalaribilanbirgаlikdamashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexovning tavallud ayyomiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

 

Tadbirda Rus madaniyat markazi Xorazmviloyati raisi T.A.Stepankova, Turkman madaniyat markazining Xorazm viloyati raisi D.Rajapov, UrDU Rus tili va adabiyot kafedrasi p.f.n., dots.R.M.Avezjanova, filialning Tillar kafedrasi mudiri dots.D.Sh.Olimova hamda Urganch tibbiyot kolleji rustili kafedrasining katta o’qituvchilari Sh.R.Xaydarova, D.A.Abdullayevalar hay’at a’zosi sifatida ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida talaba-yoshlar A.P.Chexovning umr yo`li va ijodi haqidagi ma’lumotlarni qiziqarli intervyular, video-roliklar orqali namoyish etib, uning butun dunyo teatrlarida ko'plab muvaffaqiyat qozonayotgan shoh asarlari asosidagi sahna ko`rinishlarini bor mahoratlari bilan ijro etishdi.

 

Ayniqsa, rus xalqining milliy qo’shiqlari hamda raqslari ijrosi barchada iliq taassurot qoldirdi va tadbirga yana ham joziba baxsh etdi.

 

Shuningdek, faol ishtirok etgan “Медики”, “Академия”, “ПУПС”, “Интеллект” jamoalari orasida nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi hamda hay’at a’zolari tomonidan go’lib deb topilgan “Интеллект” jamoasiga faxriy yorliq va estalik sovg’alari topshirildi.

 

Mazkur tadbirda jamoalar quyidagicha o’rinlarni egallashdi:

1-o’rin -“Интеллект”  Tibbiy pedogogika yo’nalishi talabalari jamoasi;

2-o’rin - “ПУПС” Pediatriya ishi yo’nalishi talabalari jamoasi;

3-o’rinni - “Медики” Tibbiy profilaktika ishi yo’nalishi va “Академия” Davolash ishi yo’nalishi talabalarining jamoalari egalladi.

 

Tadbir yakunida filial rahbariyati, hay’at a’zolari tashabbuskorlik hamda faollik bilan tadbirni tashkillashtirgan Yusupova Tatyana Eduardovnaga minnatdorlik bildirib, keyingi ish faoliyatida muvaffaqiyat tiladilar.







 

TTA Urganch filiali

Matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.