Yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi

 

 

 

 

Kafedra mudiri – Shavkat Raximbayevich

                      Yusupov, t.f.n., dotsent

 

                              Tel.: +99 (891) 915-00-30          

                              E-Mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

- o’quv ishlariga javobgar: Artikov Ikrom Axmedjanovich     +99 (893) 288-62-55

- ilmiy ishlarga javobgar: Nurullaev Ruslan Rustambekovich      +99 (899) 508-26-05

 

Kafedra joylashgan manzil:

Xorazm viloyati Urganch shahri, Sanoatchilar ko’chasi 111. Klinik baza: Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 2 qavat. Viloyat sil kasalliklari dispanseri, 3 etaj.

 

Kafedraning maqsadi va vazifalari, yo’nalishi:

Kafedraning asosiy maqsadi talabalar va klinik ordinatorlarga yuqumli kasalliklar diagnostikasi, davosi va profilaktikasini, epidemiologiyaning asoslarini o’qitish.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi shunga qaratilganki, yuqumli kasalliklar diagnostikasi, davosi va profilaktikasini takomillashtirish. Jumladan: o’tkir ichak infeksiyalari, o’tkir va surunkali virusli gepatitlar, parazitar kasalliklar.

 

O’quv dasturi, fanning mazmuni:

Kafedrada o’quv jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi: davolash fakulteti 5-6 kurs, pediatriya 4-6 kurslariga yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, oliy hamshiralik ishi 1-2 kurslariga epidemiologiya, klinik epidemiologiya va infeksion nazorat, davolash fakulteti 4 kurs ftiziatriya, pediatriya 5 kurslariga bolalar ftiziatriya fanlaridan dars o’tiladi.

 

O’quv dasturiga asosan:

· 5 kurs davolash fakulteti va tibbiy pedagogika yo’nalishi yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari fanidan ma’ruzalar 16 soat, amaliy mashg’ulotlar 74 soat; 6 kurs ma’ruzalar 10 soat, amaliy mashg’ulotlar  44 soat.

· 5 kurs davolash fakulteti va tibbiy pedagogika yo’nalishi epidemiologiya va harbiy epidemiologiya fanidan 5 kurs ma’ruzalar 6 soat, amaliy mashg’ulotlar 48 soat.

· 4 kurs pediatriya fakulteti yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari fanidan ma’ruzalar 18 soat, amaliy mashg’ulotlar 126 soat; 5 kurs ma’ruzalar 12 soat, amaliy mashg’ulotlar 78 soat; 6 kurs ma’ruzalar 6 soat, amaliy mashg’ulotlar  102 soat.

· 1 kurs oliy hamshiralik ishi infeksion nazorat va klinik epidemiologiya fanidan ma’ruzalar 10 soat, amaliy mashg’ulotlar 26 soat; 2 kurs yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi fanidan ma’ruzalar 10 soat, amaliy mashg’ulotlar 26 soat.

· 4 kurs davolash fakulteti ftiziatriya fanidan ma’ruzalar 18 soat, amaliy mashg’ulotlar 54 soat. va 4 kurs tibbiy pedagogika yo’nalishi ma’ruzalar 18 soat, amaliy mashg’ulotlar 90 soat.

· 5 kurs pediatriya fakulteti bolalar ftiziatriyasi ma’ruzalar 6 soat, amaliy mashg’ulotlar 102 soat.

Kafedra xodimlari doimiy ravishda yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va ftiziatriya yo’nalishidan klinik ordinatorlarga dars o’tishadi.