+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Professor o'qituvchilar

Yusupov Shavkat Raximbaevich

kafedra mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Filial Ilmiy kengashi a’zosi. Kafedrada ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlar olib boradi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish bo’limi konsultanti.

Yusupov Sh.R. 20.07.1964 yil Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug’ilgan. 1988 yil ToshDavTI davolash fakultetini tugatgan. 1988-89 yillar O’zRSSV ga qarashli EMYuKITI da internatura o’tagan. 1989-94 yillar shu institutda infeksionist shifokor, ilmiy xodim, bo’lim boshlig’i vazifalarida ishlagan. 1994 yil  “Пектин при лечении больных сальмонеллезом, острой дизентерией, ОКИ установленной и неустановленной этиологией” nomli ilmiy mavzuda 14.00.10 – yuqumli kasalliklar bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1994 yil 1-ToshDavTI Urganch filialiga yuqumli kasalliklar kafedrasini tashkil qilish uchun ko’chirish yo’li bilan o’tkazilgan. Shu yili yuqumli kasalliklar kafedrasi tashkil qilingan. Yusupov Sh.R. yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasida assistent, 1995 yilda kafedra mudiri qilib tayinlangan va hozirgi kungacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

1994-2019 yillar maboynida Yusupov Sh.R. ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i, davolash ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, pediatriya fakulteti dekani vazifalarida ishlagan va shu bilan birgalikda kafedrani ham boshqargan.

Malakali mutaxassis sifatida VYUKSH reanimatsiya bo’limida navbatchi shifokor sifatida katta amaliy yordam bermoqda. Hozirgi kunda «Surunkali virusli gepatitlar klinik kechish xususiyatlari, davosi va profilaktikasi» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 65 ta ilmiy maqola va tezislar, 5 uslubiy qo’llanma, 2 ta SSVning axborot xati, 2 ta ratsionalizatorlik taklifi muallifi. Filial Kengashi rasmiy a’zosi. 


 Ibrahimova Hamida Rustamovna 

kafedra katta o’qituvchisi

 - 2001-yilda I-Toshkent Davlat Tibbiyot instituti Urganch filiali pediatriya fakultetini tugatgan. 2005 yilda yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturaga o’qishga kirgan. 2007-yildan yuqumli kasalliklar kafedrasi assistent, 2015-yildan yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasikatta o’qituvchisi lavozimida talabalarga yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar yuqumli kasalliklari, epidemiologiya fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslarini olib bormoqda.

 

 


Asqarova Roza Ismailovna

kafedra katta o’qituvchisi. 

Asqarova R.I. 17.01.1988  yil Xorazm viloyat Urganch shahrida tug’ilgan.

1988 yilda Almata Davlat Meditsina institutini tugatgan. 1988-1989 yillarda Chimkent shahrida pediatriya mutaxassisligi bo’yicha internatura o’tagan. 1989-1993 yillarda Qo’shko’pir tumani poliklinikasida pediatr vazifasida ishlagan. 1993-2002 yillarda Urganch tumani markaziy bolalar poliklinikasida bolalar infeksionisti lavozimida ishlagan. 2002 yildan ToshDavTI Urganch filiali “UASH tayorlash” kafedrasi assistenti, 2009 yildan TTA Urganch filiali “Gospital va poliklinik pediatriya” kafedrasi assistenti, 2014 yildan “Yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi” katta o’qituvchisi.


Masharipova Shoxista Sobirovna

kafedra assistenti

2011-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali pediatriya fakultetini tugatgan va shu yili yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturaga o’qishga kirgan. 2013-yildan yuqumli kasalliklar kafedrasi assistant lavozimida talabalarga yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar yuqumli kasalliklari, epidemiologiya fanlaridan amaliy mashg’ulot darslarini olib bormoqda. 

 

 

 

 


  Nurllayev Ruslan Rustamovich

kafedra assistenti

2012-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali davolash fakultetini tugatgan va shu yili Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga o’qishga kirgan. 2015-yildan yuqumli kasalliklar kafedrasi assistent lavozimida talabalarga yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar yuqumli kasalliklari, epidemiologiya fanlaridan amaliy mashg’ulot darslarini olib bormoqda.

 

  


 Otajanov Shamsiddin Zarifbayevich

kafedra assistenti

2014-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali pediatriya fakultetini tugatgan va shu yili Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga o’qishga kirgan. 2017-yildan yuqumli kasalliklar kafedrasi assistent lavozimida talabalarga yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar yuqumli kasalliklari, epidemiologiya fanlaridan amaliy mashg’ulot darslarini olib bormoqda.

 

 


 Artiqov Ikrom Ahmedjanovich

kafedra assistenti

2014-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali davolash fakultetini tugatgan. 2015-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga o’qishga kirgan. 2018-yildan yuqumli kasalliklar kafedrasi assistent lavozimida talabalarga yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar yuqumli kasalliklari, epidemiologiya fanlaridan amaliy mashg’ulot darslarini olib bormoqda.

 

 

 


 Abdullayeva Dilfuza Qadamovna

kafedra assistenti

2015-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali pediatriya fakultetini tugatgan va shu yili Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli kasalliklar mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga o’qishga kirgan. 2018-yildan yuqumli kasalliklar kafedrasi assistent lavozimida talabalarga yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari, bolalar yuqumli kasalliklari, epidemiologiya fanlaridan amaliy mashg’ulot darslarini olib bormoqda.

 

 


 Matqurbanov Xamdam Ilxomovich 

kafedra assistenti

Kafedrada amaliy mashg’ulotlar olib boradi. Viloyat ftiziatriya dispanseri  o’pkadan tashqari kasalliklar bo’limi konsultanti.

Matqurbanov X.I. 17.01.1988 yil Xorazm viloyati Urganch shahrida tug’ilgan.

2012 yilda TTA Urganch filiali pediatriya fakultetini tamomlagan. 2014 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Ftiziatriya” mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturani tugatgan. 2018 yildan TTA Urganch filiali “Yuqumli kasalliklar va ftiziatriya” kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

 “O’pkadan tashqari sil kasalligining diagnostikasiga zamonaviy yondashuv” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.


 Matchanova Sanobar Sadullayevna

kafedra kabinet mudiri

2014-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali davolash fakultetin oliy hamshiralik ishi mutaxassisligini tugatgan. 2017-yildan yuqumli kasalliklar kafedrasi kabinet mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.