+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Kafedra tarixi

Yuqumli kasalliklar va ftiziatriya kafedrasi 1994 yil avgust oyida  1-ToshDavTI Urganch filiali direktori professor Qurbonov Ravshan Davletovich boshchiligida “Yuqumli kasalliklar” nomi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi binosida tashkil qilingan va unga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent  Yusupov Sh.R.  rahbar qilib tayinlangan.

Kafedra tashkil qilinganidan hozirgi kunga qadar quyidagi assistentlar ishga  qabul qilingan: Nurmetov J.R., Xudayberganov R.K., Zakirova D.Yu., Yaqubova R.S., t.f.n. Nurullaev D.Q., Abdullaeva A.R., Saparbaeva B.A., Matyaqubova O.O’., Ibragimov I.Sh., t.f.n. Madrimov Z.X. lar.

1995 yil avgust oyidan kafedra “Teri-tanosil kasalliklari” kafedrasiga kurs qilib kiritildi. Kafedra nomi: “Teri-tanosil kasal-liklari kafedrasi yuqumli kasalliklar kursi” bilan deb o’zgartirildi, kafedra mudiri qilib professor Ibragimov Sh.I., kurs boshligi, t.f.n. Yusupov Sh.R. tayinlandi.

1996 yil avgust oyidan yuqumli kasalliklar kafedrasi qayta tashkil qilindi: “Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi, teri-tanosil kasalliklari kursi” bilan, kafedra mudiri qilib t.f.n., dotsent Yusupov Sh.R. tayinlandi. 1997 yil avgust oyidan boshlab kafedra “Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya” kafedrasi deb yuritila boshlandi. 2002 yildan epidemiologiya fani mikrobiologiya kafedrasiga o’tkazildi va kafedra “Yuqumli kasalliklar” kafedrasi bo’lib qoldi. 2005 yildan teri-tanosil kasalliklari kursi yuqumli kasalliklar kafedrasiga qo’shildi va kafedra “Yuqumli kasalliklar va teri-tanosil kasalliklari” kafedrasi deb qayta nomlandi. 2007 yilda kafedra tarkibidan teri-tanosil kasalliklar kursi ajratildi va “Yuqumli kasalliklar” kafedrasi deb o’zgartirildi. 2010 yil sentyabrdan boshlab kafedra tarkibida yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari, epidemiologiya, teri-tanosil kasalliklari, klinik allergologiya fanlaridan dars o’tilgan.

2015 yilda kafedra tarkibiga ftiziatriya fani qo’shildi. Shu paytdan boshlab kafedra “Yuqumli kasalliklar va ftiziatriya”  kafedrasi nomi ostida  faoliyat olib bormoqda va unga  tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Yusupov Sh.R. rahbalik qilib kelmoqda. 2018-2019 o’quv yilida kafedrada 9,75 shtat birligi bo’lib, 9 nafar pedagoglar faoliyat ko’rsatadi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.