+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O'QUV-USLUBIY ISHLAR

Anatomiya. Klinik anatomiya” fani tibbiy-biologik fanlar majmuasiga taallukli bo’lib, u I, II va III semestrlarda o’qitiladi. Anatomiya fani talabalarning tibbiy biologiya va genetika,gitologiya, biofizika, normal fiziologiya, biokimyo fanlaridan olgan bilimlariga asoslanadi. Ushbu fan patologik fiziologiya, patologik anatomiya, OJTA, terapiya, xirurgiya, urologiya, akusherlik-ginekologiya, nevrologiya va boshka klinik yo’nalishdagi fanlarni o’zlashtirish uchun asos bo’ladi.

“Anatomiya. Klinik anatomiya” fani talabalarda ilmiy dunyokarash va iqtisodiy tafakkurni, tibbiy bilimlar asosini shakllantirishda muhim axamiyatga ega. U boshka fanlar bilan birgalikda kasalliklarni oldini olish, axoli orasida kasalliklarga chalinmaslik choralari va immunoprofilaktika buyicha tushuntirish ishlarini olib borish, shu bilan birga talabala klinik fikr yuritishni rivojlanishini tahminlaydi. SHunga kura, fanni ijtimoiy ishlab chikarishni tashkil kilish va boshkarishdagi urni muxim xisoblanadi. Talabalarning “ Anatomiya. Klinik anatomiya” fanini uzlashtirishlari uchun ukigishning ilgor va zamonaviy usullaridan foydapanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbik kilish muxim axamiyatga egadir. Fanni uzlashtirishda darslik, ukuv na uslubiy ko’llanmalar.

 

Ma’ruza va seminar mashg’ulotlarida o’qitishishni usullari (vizual, muammoli, mualliflik ma’ruzalari, ikki tomonllama, Insert, klaster, “ Venna” , Sinkveyn va boshkalar) dan foydalaniladi.Fan o’qituvchisi tomonidan pedagogik va modulli texnologiya tamoyillari asosida “ Anatomiya. Klinik anatomiya” fani o’quv mashgulotlari ish loyixalari ishlab chiqiladi.

 

 

 

 

 

О’quv fanining  maqsadi va vazifalari

 

Talabalarni  o’qitishda anatomiya,  klinik anatomiya va  operativ jarrohlik asoslari fanlarining zamonaviy muammolari haqidagi bilimlarini takomillashtirish,  klinik muammolarini aniqlash, tahlil etish va baholash ko’nikma va malakalarini tarkib to’tirish.“Anatomiya,  klinik anatomiya  fanining vazifalari:

Anatomiya, klinik anatomiya   fanlarini o’qitishda pedagogik faoliyat, oliy ta’limda o’qitish jarayoninini texnologiyalashtirish bilan bog’liqlikda yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlashtirish; talabalarning anatomiya, klinik anatomiya va  o’erativ jarrohlik asoslari  fanlari asosida klinik muammolarini tahlil etish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish; anatomiya, klinik anatomiya va  o’erativ jarrohlik asoslari  fanlari muammolarini hal etish strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga o’rgatish.

Fanlarni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar:

Anatomiya, klinik anatomiya va  o’erativ jarrohlik asoslari fanlarining taraqqiyot yo’nalishlari va innovatsiyalari modulinio’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida  talabalar tasavvurga ega bo’lish:

Anatomiya, klinik anatomiya fanlarinio’qitishda pedagogik faoliyat bilan bog’liqlikda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish strategiyalari; zamonaviy pedagogik atamalarni qo’llash bilan bog’liq muammolar; oliy ta’limda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash bilan bog’liq muammolar va ularni hal etish yo’llarini bilishi kerak;- zamonaviy anatomiya, klinik anatomiya va  operativ jarrohlik asoslari  fanlari muammolariga doir keyslar tuzish, ularni amaliyotda qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;- anatomiya, klinik anatomiya va  operativ jarrohlik asoslari fanlarining muammolarini aniqlash, tahlil etish, baholash va umumlashtirish malakalarini egallashi lozim.

Gistologiya, sitologiya, embriologiya

fanini o’qitishdan maqsad: odam organizmi organ va to’qimalarining embrional rivojlanishini, tuzilishini, hujayralar, sito- va gistofiziologiyasining asosiy qonuniyatlarini o’rganish, gistologik preparatlarni identifikatsiya va interpretatsiya qilish ko’nikmalarini egallashdan iborat.

Fanning vazifalari:hujayra, to’qima va a’zolar taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyati; odam organizmi hujayralari, to’qimalari va a’zolarining embrional taraqqiyoti qonuniyatlari; hujayra, to’qima va a’zolarning yoshga nisbatan o’zgarishlari; hujayra, to’qima va a’zolarningturli tahsirlarga nisbatan javob reaktsiyalari to’g’risida zamonaviy nazariy bilimlarni egallash;  talabalarda yorug’liq mikroskopi yordamida mikroskopik preparatlarni ko’rish ko’nikmalarini shakllantirish; talabalarda mikroskop ostida a’zolar, ularning to’qimalari, xujayralari va xujayra bo’lmagan tuzilmalarini bir-biridan ajratish ko’nikmalarini shakllantirish;  talabalarda qon shaklli elementlarini bir-biridan ajratish, leykotsitar formulani aniqlash ko’nikmasini shakllantirish;  talabalarda mustaqil analitik, ilmiy-tadqiqot ishi ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni o’zlashtirilishini tahminlashdan iborat.

Fan bo’yicha talabalarning bilim ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi:Talaba:  biologik ob’ekt sifatida odam tanasining ko’p darajali (hujayra, to’qima, a’zo, tizim, organizm) tuzilishi tamoyili va undagi ierarxik o’zaro aloqalar;  odam organizmidagi funktsional tizimlar, ularning boshqarilishi;  odam organizmi rivojlanishining asosiy bosqichlari;  odam embriogenezining turli davrlarida  hujayra, to’qima va a’zolar tuzilishining o’ziga xosligi haqida tasavvurga ega bo’lishi; hujayra, to’qimalarning turlari, umumiy tuzilishi va vazifalarini;  a’zolarning taraqqiyot manbalari, shakllanish muddatlari, umumiy tuzilish asoslari, vazifalari va yoshga ko’ra bo’ladigan o’zgarishlarini;  odam embriologiyasi bosqichlari, ularning xususiyatlari, provizor a’zolar, “ona-homila” tizimi, embriogenezning qaltis davrlarini;   regeneratsiya, differentsirovka, proliferatsiya jarayonlari, to’qima va a’zolar integratsiyasi bo’yicha umumiy biologik qonuniyatlarni;  keyinchalik patologik holatlarda yuzaga keladigan o’zgarishlarning mohiyatini o’rganish uchun a’zo va to’qimalarning nozik (mikroskopik) tuzilishi va vazifalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;  mikroskop bilan ishlash;  mikropreparatlarni yorug’lik mikroskopi ostida ko’rish va o’qish;  qon surtmalaridagi leykotsitlar turlarini to’g’ri ajratish;  leykotsitar formulani sanash;  preparatlardagi asosiy tuzilmalarni albomda to’g’ri  tasvirlash va asoslash;  gistofiziologik jarayonlar chizmasini chizish va tushuntirish; kasbiy faoliyat uchun o’quv, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar va Internet tizimidan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;  o’z fikr-mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq bayon eta olish;  mantiqiy fikrlash hamda fan bo’yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni amaliy tibbiyot vazifalarini hal qilishda qo’llash malakalarigaegabo’lishikerak.

                                      “Patologik anatomiya” fani

Odam organizmida yuzaga keladigan  patologik jarayonlar, kasalliklarni yuzaga keltiruvchi sabablarini, rivojlanish mexanizmlarini, patogenezini, bunda tashqi muhit sharoitlarining tutgan o’rnini,  kechishini, oqibatini va rivojlanish davrida turli a’zolar va tizimlarda yuzaga keladigan morfologik o’zgarishlarni o’rganadi.

Sektsiya va biopsiya kursi bo’yicha, ushbu dastur, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi talablaarigaablariga asosan tuzilgan. Bu kursni o’rganishda bo’lg’usi shifakor – talaba, patologik anatomiya haqida amaliy sog’liqni saqlashning uzliksiz bir qismi degan tushunchaga ega bo’lishi kerak. Sektsiya va biopsiya kursi O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimida patologik anatomiya xizmati qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasida patologoanatomik xizmat sog’liqni saqlash tizimning ajralmas bir qismi bo’lib, u aholiga ko’rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu tadbirlarning ma’no va mohiyati quyidagilardan iborat:  kasallarning hayotligida diagnostikani biopsiya usuli orqali yuqori darajalarga ko’tarish;  autopsiya orqali klinik diagnozning qay darajada haqqoniy ekanligini aniqlab, vrachlar xatoliklarini kamaytirish maqsadida tibbiy muassasalardagi davolash-diagnostik xizmat ustidan nazorat olib borish;  o’tkir yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida aniqlashda qatnashish;  autopsiya va biopsiya tekshiruvlari, ularni klinik-morfologik tahlil qilish, klinik-anatomik konferentsiyalar o’tkazish orqali vrachlar malakasini oshirish;  davlat statistikasida o’lim sabablari haqidagi ma’lumotlarni aniq bo’lishini ta’minlash;  inson patologiyasi muammolarini ilmiy jihatdan asoslab berish va hokazo.

“Patologik anatomiya” fanining asosiy maqsadi – kasalliklarning  etiologiyasi, patomorfogenezi, anatomo-morfologik asoslari,  va ularning struktura asoslarini shuningdek, kliniko-anatomik tahlil uslublarini o’rgatish, gistologik preparatlarni identifikatsiya va interpretatsiya qilish, ko’nikmalarini egallashdan iborat.  

Fanning vazifasi – uni o’rganuvchilarga:   hujayra, to’qima va a’zolarning yoshga nisbatan o’zgarishlari va ularning turli ta’sirlarga nisbatan javob reaktsialarini to’g’ri talqin qila bilish;  kasallikning har bir bosqichidagi umumpatologik jarayonlar morfologiyasi, bir-biridan farqini va oqibatlarini o’rganish; kasalliklar etiologiyasi, patomorfogenezi, tiklanish jarayonlarining struktura asoslari, kasallik oqibati, kechki asoratlari  bilan tanishtirish, kasallik patomorfozini o’rgatish;  hujayra, to’qima va organlardagi kasalliklarda paydo bo’ladigan patomorfologik o’zgarishlarni klinik belgilari bilan solishtirib tahlil qilishni o’rganish;  patologik anatomiya tarixini, rivojlanish etaplarini, eng muhim usullari asoslarini o’rganishdan iborat.

Sektsiya va biopsiya kursining asosiy maqsadi, avalambor, kasallik belgilarini klinik-anatomik taqqoslash qonun-qoidalarini, diagnoz tuzishni va uni Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash Tashkilotining kasalliklar nomenklaturasida keltirilgan: kasalliklar, travmalar va o’lim sabablari atamalari bilan tuzishni bilib olishni o’rgatadi.  Bemor ambulator xaritasini, kasallik tarixnomasini, zarur tibbiyot statistik xujjatlarni, va ayrim hollarda- tibbiy yordam ko’rsatish jarayonida biopsiya usuliga ko’rsatmalarni aniqlashni o’z ichiga oladi.                                    O’zbekistonda patologik anatomiya xizmatining maqsadi, vazifalari, usullari, ma’nosi va mohiyati. Patologik anatomiya xizmatining asosiy bazalari: Respublika patologoanatomik markazi, viloyatlar patologoanatomik byurolari, barcha tibbiyot institutlari va vrachlar malakasini oshirish instituti patologoanatomik bo’limlarining tarkibiy qismi, vazifalari va ish faoliyati. Patologik anatomiya bo’limlarining ish yuritish va meyoriy hujjatlari.

Fan bo’yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar :  “Patologik anatomiya” fanini o’zlashtirish  jarayonida bakalavr: patologik anatomiya soxasi bo’yicha dunyo va O’zbekiston olimlari tomonidan kashf etilgan yangiliklar; patologik anatomiya fani tarixi, uning axamiyati va uni o’rganish usullari; preparatlar bilan ishlay olish, umummorfologik va gistoximyoviy bo’yash usullari; kasallik to’g’risida umumiy tushuncha, kasalliklar klassifikatsiyasi; kasallikning har bir bosqichidagi umumpatologik jarayonlar morfologiyasi, tiklanish jarayonlarining strukturaviy asoslari, kasallik oqibati, kasallik patomorfozi – ya’ni kasallikning turmush tarzi va davolashga bog’lik holda  o’zgarishi, biopsiya va  autopsiya natijalarini tahlili; odam tanasining normal tuzilishi, xujayra tuzilishi asoslari, shuningdek u yoki bu jarayonlarning kechishida bioximik va fiziologik o’zgarishlar haqida tasavvurga ega bo’lishi; patologik jarayonlar sabablarini va rivojlanish mexanizmlarini; normani patologiyadan farqlashi, yorug’lik mikroskopi darajasida hujayraning patologik o’zgarishini tahlil qila olishni; turli kasalliklarda ichki organlardagi morfofunktsional o’zgarishlarning mohiyatlarini; kasallikning  etiologiyasi, patogenezi, morfogenezi, morfologik asoslari,  va ularni kliniko-anatomik tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;    patologik jarayonni va uning turlarini mikroskopik darajasida aniqlash va bir-biridan farqlash; patologik jarayonni makroskopik jihatidan darajasida aniqlash, uning qanday organ ekanligini, patologik jarayonning joylanish joyini va xarakterini aniqlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. kasallik va patologik holatning yuzaga kelishi va rivojlanishining morfologik asoslarini, xamda, olingan nazariy bilimlari asosida, amaliyotda  turli kasalliklar va patologik holatlarda odam organizmidagi kechuvchi jarayonlarni baholash; xar bir patologik jarayon va kasallikga xos bo’lgan patomorfologik o’zgarishlarni, ularning asoratlari va oqibatlarini aniqlash; makroskopik va mikroskopik o’zgarishlar asosidan kelib chiqib kasallik diagnostika qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga quyilgan talablar :  organ, to’qima va hujayralarda har xil umumpatologik jarayonlar: alteratsiya va distrofiya, qon aylanishining buzilishlari, yallig’lanish, immunopatologiya, disregenerator o’zgarishlar va o’smalar rivojlanish sabablari, morfogenezi va xos patomorfologik o’zgarishlarini, hamda bu patomorfologik jarayonlarning har bir kasallikga xos rivojlanish qonuniyatlari haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak. O’zbekistonda patologik anatomiya xizmatning maqsad va vazifalari, usullari va ularni amalga oshirish tadbirlarini; kasallik va diagnoz haqida tushunchalarni, klinik va patologoanatomik diagnozlar tuzish qonun-qoidalarini, ularni bir-biri bilan taqqoslashni, vrachlik xatoliklarini aniqlab, tibbiy xizmat sifatini aniqlashni; vrachlik deontologiya asoslarini; biopsiya diagnostikasi tartiblarini bilishi kerak. Kasalliklardan o’lganlar kasallik tarixnomasini tahlil qilish, murdalarni patologoanatomik yorish texnikasi, natijalarini klinik-anatomik tahlil qilish, patologoanatomik diagnoz tuzish, klinik va patologoanatomik diagnozlarni taqqoslash, o’lim haqidagi epikrizni yozish, klinik diagnostika sifatiga baho berish, “O’lim haqidagi vrachlik guvohnoma”, “Perinatal o’lim haqidagi vrachlik guvohnoma”larni to’ldirish, hamda biopsiya va operatsiyada olingan materialni patogistologik tekshirishga yuborish yo’llanmasini to’ldirish, bu materiallarni tekshirish natijalarini baholash  bo’yicha malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.