+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Kafedra professor o'qituvchilari

SAPAYEVA SHAROFAT AMINOVNA

Kafedra mudiri  tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Tel: +99 (891) 916-44-86

E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1971 yil 8- sentyabrda  Xorazm viloyati Urganch tumanida shifokor oilasida tug’ilgan. 1994 yilda Ikkinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutini tugatgan. 1994 yilda 1-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filialida “Anatomiya va gistologiya” kafedrasida stajyor -tadqiqotchi lavozimida ish boshlagan.

2005 yilda  O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi qoshidagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti qoshidagi “Janubiy Orol bo’yidagi ayollar reproduktiv yo’li mahalliy immunitet omillari va siydik-tanosil tizimi mikroflorasi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Oliy ta’lim muassasasida ish staji 25 yil bo`lib, bu yillar davomida 70 dan ortiq o`quv-uslubiy qo`llanmalar, hamda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.

Toshkent shaxrida, viloyatda o’tkazilgan ko’pgina konferensiya va seminarlarda malakasini oshirib kelmoqda. 2016 yilda Oliy Ta’lim Vazirligining va Viloyat hokimligimimg faxriy yorlig’i  bilan taqdirlangan. 2017 yilda “Yilning eng yaxshi dotsenti” nominatiyasida Respublika bosqichiga chiqib, fahrli o’rinlarni egallagan.

2017 yilda “Innovatsion axborot texnologiyalarini qo’llaydigan yilning eng yaxshi pedagogi” nominatiyasida Respublika bosqichiga chiqib, fahrli o’rinlarni egallagan. 

Hozirda talabalarga Anatomiya fanidan ma`ruzalar o`qib, amaliy mashg`ulotlar olib boradi.


RUZMETOV ULUG'BEK AVEZMETOVICH

tibbiyot  fanlari nomzodi, dotsent

Tel: +99891918-17-77

E-mail:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1955 yilda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida shifokorlar oilasida tug’ilgan.

1972-1979 yillarda ToshDavMI davolash fakultetida tahsil oldi. 1990 yilda ToshDavMI qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Yangi “gemotselya” maxalliy gemostatikining jigarning o’tkir jaroxatlari va kasalliklarida qo’llanilishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1993 yilda 1- ToshDavMI Urganch filialiga “Operativ jarrohlik va topografik anatomiya” kafedrasi assitenti lavozimiga ishga qabul qilindi.  1994 -2016 yillar mobaynida “Operativ jarrohlik va topografik anatomiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatdi. U.A.Ruzmetov 100 dan ortiq maqolalar, tezislar va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. U Xorazm viloyati xokimligi tomonidan 2 ta fahriy yorliq, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston  Respublikasi SSV fahriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Unga 2015 yilda “O’zbekiston Respublikasi “Sog’liqni saqlash alochisi” ko’krak nishoni berildi.

Hozirda talabalarga Klinik anatomiya fanidan ma`ruzalar o`qib, amaliy mashg`ulotlar olib boradi.


YULDASHEV BAHROM SABIRJONOVICH

Email:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

- T.f.n., dotsent  1966 yilda Xorazm viloyati Xazarasp tumanida  ziyolilar oilasida tug’ilgan, 2009 yilda dotcentlik lavozimini olgan. 

1983-1989 yillarda  SamDavMI davolash fakultetida tahsil oldi. 1999 yilda ToshDavMI qoshidagi ixtisoslashgan kengashda “Морфологическая характеристика первичного и метастатического рака печени” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1993 yilda 1- ToshDavMI Urganch filialiga “Patologiya ” kafedrasi assitenti lavozimiga ishga qabul qilindi.2005 -2010 yillar mobaynida “ Patologiya ” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatdi. B.S.Yuldashev 70 dan ortiq maqolalar, tezislar va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. U Xorazm viloyati xokimligi tomonidan 3 ta fahriy yorliq, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston  Respublikasi SSV fahriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Hozirda talabalarga Patologik anatomiya fanidan ma`ruzalar o`qib, amaliy mashg`ulotlar olib boradi. Shu bilan birga 2013-2015  yillarda davolash fakulteti dekani, 2015 yildan hozirgacha  O’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari lavozida ishlab kelmoqda.


Ismoilov Olimboy Ismoilovich

Email:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Tel: +99893744-77-17

tibbiyot fanlari nomzodi. 1952 yilda Xorazm viloyati Xiva shahrida  tug’ilgan. 1969-1976 yillarda Sam DavTI davolash fakultetida tahsil oldi. 1977 yil Toshkent shahrida  Bosh sud- tibbiy ekspertiza Byurosida «Sud tibbiyoti» yo’nalishi bo’yicha internaturani tamomlagan. 1977  yildan 2013yilgacha Xorazm viloyati Sud tibbiy ekspertiza byurosida bo’lim mudirlari lavozimlarida ishlagan shu bilan birga 1993 yilda 1- ToshDavMI Urganch filialiga rahbariyatning taklifi bilan sud tibbiyoti fani bo’yicha assistentlik lavozimida ish boshlagan. 2001-yil sentabr oyida “Letal transport travmasining sud tibbiy masalalar” bo’yicha ilmiy ish qilindi. O. I Ismoilov 30 dan ortiq maqolalar, tezislar va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.

U Xorazm viloyati xokimligi tomonidan 2 ta fahriy yorliq, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston  Respublikasi SSV fahriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Hammasi bo’lib 10dan ortiq faxriy yorliqlar mavjud. 

Hozirda talabalarga Sud tibbiyoti va shifokor faoliyati huquqiy asoslari  fanlaridan ma`ruzalar o`qib, amaliy mashg`ulotlar olib boradi.


Djumaniyazova Nasiba Satimbayevna.

Kafedra katta o’qituvchisi.

+99893748-22-99

Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1978 yil Xorazm viloyati Urganch shaxrida ziyoli oilada tug’ilgan. Djumaniyazova Nasiba Satimbaevna 2002 yilda ToshDavTI Urganch  filialini tugatib, shu yili  ToshDavTI Urganch filiali Patologiya kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan. 2005-2007 yillarda ftiziatriya mutaxassisligi bo’yicha ichki kasalliklar va propedevtikasi kafedrasida klinik ordinatura o’tgan. 2007 yil noyabr oyidan Patologik anatomiya, patologik fiziologiya va sud tibbiyoti kafedrasiga assistent lavozimiga ishga kabul kilingan. Hozirgi kunda Klinik anatomiya va morfologiya  kafedrasida katta oqituvchi  lavozimida ishlab kelmoqda. 

2017 yilda 14.00.36 Allergologiya, immunologiya mutaxassisligi bo’yicha ilmiy ish mavzusi tasdiqlanib va 2017 yil noyabr oyidan  mustaqil izlanuvchi bo’ldi. Djumaniyozova N.S 25 ilmiy ish ehlon qilgan.

Djumaniyozova N.S “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyixasi” 1 Respublika tanlovida  ishtirok etgan.

Hozirda talabalarga “Patologik anatomiya” fanlaridan ma`ruzalar o`qib, amaliy mashg`ulotlar olib boradi.  


Madaminova Go’zal Ibragimovna

Kafedra katta o’qituvchisi

Email:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Mobil tel.: +99899 964- 69- 75

Madaminova Go’zal Ibragimovna, 1981 yil,3- yanvarda Xorazm viloyati, Yangiariq tumanida tavallud top’gan. 1999 - 2006 yillarda 1-ToshDav TI Urganch filialini davolash fakultetida taxsil oldi. 2006-2008 yillarda  “Kardiologiya” mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturani o’tagan. 2008-2013 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali   Fakultet va gos’ital terapiya kafedrasi assistenti, 2013-2015 Umumiy Amaliyot  Shifokori  tayyorlash kafedrasi assistenti va 2015 yildan xozirgacha Klinik anatomiya va morfologiya kafedrasida faoliyat yuritib  kelmoqda. Gistologiya, sitologiya, embriologiya fani bo’yicha o’quv ishlariga ma’suldir.  Gistologiya, sitologiya, embriologiya fani bo’yicha ma’ruza o’qiydi va amaliy mashg’ulotlar olib boradi. Kafedrada ilmiy- tadqiqot ishlariga ma’suldir. Hozirda morfologiya 14.00.02 yonalishi bo’yicha “Структурные особенности постнатального развития семенников потомства в условиях экспериментального гипотиреоза у матери” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Shu bilan birga 403A va B guruhlariga murabbiylik qilib, talabalar bilan birga doimiy mahnaviyat ishlarida aktiv qatnashib kelmoqda.


Avezov Abadjon O’rinbayevich

Kafedra assistenti,

Tel: +99 (891) 914-46-92

Email:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1975 yilda Qoraqolpog’iston Respublikasi Turtkul tumanida ziyoli oilasida tug’ilgan.

1993-2000 yillarda I- ToshDavTI Urganch filiali pediatriya fakultetida tahsil oldi. 2000-2002 yillar davomida I- ToshDavTI Urganch filiali Patologiya kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan. 2002-2004 yillar davomida II-ToshDavTI Patologik anatomiya kafedrasida “Patologik anatomiya” mutaxassisligi bo’yicha magistraturani tugatib, I- ToshDavTI Urganch filiali Patologik anatomiya va patologik fiziologiya kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan.2010-2012 yillarda Qoraqalpog’iston Respublikasi P.Suyunov nomidagi sud tibbiy ekspertizasi sud tibbiy eksperti lavozimida ishlagan. 2013 yildan TTA Urganch filiali Anatomiya, operativ jarrohlik va sud tibbiyoti kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan va hozirgacha shu kafedrada faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2017 yildan buyon “Xavfli o’sma kasalliklarida o’pka arteriyasi tromboemboliyasining patomorfologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

Hozirda talabalarga Gistologiya, sitologiya, embriologiya fanidan ma`ruzalar va amaliy mashg`ulotlar olib boradi.


Ismailova Mehriban Olimboyevna

Kafedra assistenti,

Tel: +99891420-35-33

Email:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1980 yil Xorazm viloyati Urganch shaxrida ziyolilar oilasida tug’ilgan. 1997 -2004 yillarda 1-ToshDavTI Urganch filialini davolash fakultetida taxsil oldi. 2007-2009 yillar davomida  I- ToshDavTI Urganch filiali Asab kasalliklari va psixiatriya kafedrasida “Nevrologiya” mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinaturani tugatgan. 2004 yildan 2015 yilgacha Xorazm viloyati Sud tibbiy ekspertiza Byurosida keyin 2018 yilgacha Toshkent shaxar Sud tibbiy ekspertiza Bosh Byurosida sud- tibbiy ekspert lavozimida ishlagan. 2015 yil  Ukraina Respublikasi Odessa shaxri Milliy Universitetida “Sud sitologik ekspertiza” mutaxasisligi bo’yicha malakasini oshirgan. 2018 yildan TTA Urganch filiali Anatomiya, operativ jarrohlik va sud tibbiyoti kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan va hozirgacha shu kafedrada faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Hozirda talabalarga Gistologiya, sitologiya va embriologiya fanidan ma`ruzalar o`qib, amaliy mashg`ulotlar olib boradi. 

2018 yildan kafedrada gistologiya fanidan amaliy mashg’ulotlar olib boradi.


Nurjanov.B.B

Kafedra assistenti,

Tel: +99897364-27-14

Email: mailto: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1986 yilda Xorazm viloyati Xiva tumanida tug’ilgan. 2004-2011 yy. Samarqand Davlat tibbiyot instituti davolash fakultetida tahsil olgan. 2014 yil “Bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi” yo’nalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan. 2015 yildan TTA Urganch filiali Anatomiya, operativ jarrohlik va sud tibbiyoti kafedrasiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan va hozirgacha shu kafedrada faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Hozirda morfologiya 14.00.02 yonalishi bo’yicha “Возрастные ососбенности антропометрических показателей у детей с исскуственным и естественным кормлениями в грудном возрасте” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

Hozirda talabalarga Klinik anatomiya  fanidan amaliy mashg`ulotlar olib boradi.


Madrimova Aziza Gaibnazarovna

Kafedra assistenti

+99 (891) 992-00-05

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1987 yil Xorazm viloyati Xiva shahrida tug’ilgan.

2005-2012yy. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali  davolash fakultetini tamomlagan. 2012-2015 yy. Toshkent tibbiyot Akademiyasida  «Otorinolaringologiya» yo’nalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan. 2016 yildan kafedrada  “Anatomiya” fanidan amaliy mashg’ulotlar olib boradi. Hozirda “Особенности слуховой функции у новорожденных при перинатальном поражении ЦНС” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

 


Karimov Rasulbek Xasanovich

Kafedra assistenti

1986 yil 23 yanvar Yangiariq tumanida tug’ilgan. 2004-2011 yy.Toshkent tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali davolash fakulteti tamomlagan.

2013 yil TTA Urganch filiali "Sud tibbiyoti" yo'nalishi bo'yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2015 yildan kafedrada "Sud tibbiyoti" fanidan amaliy mashg'ulotlar olib boradi. Shu bilan birga O’quv-uslubiy  bo’limi boshlig’I lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirda “Хоrazm viloyatida perinatal o’limning sabablari va patologik anatomiyasi” mavzusida  Patologik anatomiya 14.00.15 bo’yicha  ilmiy ish olib bormoqda.


Qalandarov Jahongir Qalandarovich.

Kafedra assistenti

1990 yil Xorazm Viloyati Urganch tumanida shifokor oilasida tugilgan. 2008 yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch Filiali Pediatriya Fakulteti talabasi. 2015 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi «Sud tibbiyoti» yo’nalishi bo’yicha magistratura talabasi. 2017 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi «Sud tibbiyoti» yo’nalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan. 2017 yildan kafedrada “Sud tibbiyoti” fanidan amaliy mashg’ulotlar olib boradi.


Abdullayev O’ktamboy Rustamboyevich.

Kafedra assistenti

1985 yilda Xorazm viloyati Bog’ot tumanida tadbirkorlar oilasida tug’ilgan.

2004-2012 yillarda TTA davolash fakultetida tahsil olgan. 2016 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi «Sud tibbiyoti» yo’nalishi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2017 -2018 yilda O’zbekiston Respublikasi sud tibbiyoti bosh byurosida ekspert lavozimida ishlagan. 2018 yildan TTA Urganch filialiga ishga qabul qilindi.

Hozirda talabalarga Patologik anatomiya fanidan amaliy mashg`ulotlar olib boradi. 


Turamuratova Manzura Botirovna.

 Kafedra assistenti

+998904382201

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

2017 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Gematologiya va qon quyish” yo’nalishi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2017 yildan kafedrada “Odam anatomiyasi” fanidan amaliy mashg’ulot olib boradi. Hozirda morfologiya 14.00.02 yonalishi bo’yicha  “Антропометрические показатели параметров у детей от новорожденного до подросткового периода, проживающих в городе Ургенче” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Hozirda talabalarga Anatomiya fanidan amaliy mashg`ulotlar olib boradi.  


Xodjamuratov Otabek Farxodovich

Kafedra assitenti

+998914319909

1989 yilda Xorazm viloyati Urganch shaxrida ziyolilar oilasida tug’ilgan.2007-2014 yillarda TTA davolash fakultetida tahsil olgan. 2017 yil Toshkent Davlat Stomatalogiya Inistuti “Yuz - jag` jarroxligi” bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2017 yildan kafedrada “Gitologiya” fanidan amaliy mashg’ulot olib boradi. 2018 yil avgust oyida Xindistonda o`z malakasini oshirib kelgan. «Применение тромбоцитарних масс в линях переломах» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Hozirda talabalarga Gitologiya fanidan amaliy mashg`ulotlar olib boradi.  


Bobojanov To’lqin Jumanazarovich

Kafedra assistenti

+998977333615

2005-2012yy. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali  davolash fakultetini tamomlagan.

2018 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi «Otorinolaringologiya» yo’nalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan. 2018 yildan kafedrada “ Anatomiya ” fanidan amaliy mashg’ulotlar olib boradi.

 

 


Sabirov Umidbek Sabirjanovich.

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Kafedra assistenti 1987 – yil Xorazm viloyati Urganch shahrida ishchilar oilasida tug’ilgan. 2006 – 2013 yillari TTA Urganch filiali Pediatria fakultetida tahsil olgan. 2017 yil Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti “Bolalar anesteziologiyasi va reanimotologiyasi” yo’nalishi bo’yicha magistraturasini tamomlagan.

2015-yildan 2018-yigacha Toshkent shahar tez tibbiy yordam pediatri. 2017-yildan 2018-yildan Toshkent shahar 4-sonli bolalar klinik shifoxonasida navbatchi reanimatolog lavozimida ishlagan. 2018 yildan kafedrada “Odam anatomiyasi” fanidan amaliy mashg’ulot olib boradi. 


Yuldashev Murodjon Egamberganovich

Kafedra assistenti

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Kafedra assistenti 1988 – yil Xorazm viloyati Shovot tumanida ziyolilar oilasida tug’ilgan. 2006 – 2013 yillari TTA Urganch filiali Pediatria fakultetida tahsil olgan. 2015 yil Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti “Bolalar jarrohligi” yo’nalishi bo’yicha klinik ordinaturani  tamomlagan.

2015-yildan 2019-yigacha Shovot tumani  shifohonasi KTMP jarroh lavozimida ishlagan. 2019 yildan kafedrada “Odam anatomiyasi” fanidan amaliy mashg’ulot olib boradi.


Sabirov Feruz Muradovich

Kafedra assistenti


Atayeva Ilmira

Kafedra assistenti


Gaipova Aziza Аbdullayevna

Kabineti mudiri

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.