Pediatriya fakulteti

PEDIATRIYA  FAKULTETI HAQIDA

 

       O‘zbekiston mustaqillik yillarida tibbiyot sohasida keng qamrovli tub islohotlar amalga oshirish orqali yangi va ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Sohani yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish hamda mamlakatimizning sog’liqni saqlash tizimida faoliyat yurituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 1993 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Pediatriya fakulteti tashkil qilingan. Hozirgi kunda fakultetga 12 ta kafedra qarashli bo‘lib, ular filialning asosiy o‘quv binosida va Urganch shahridagi shifoxonalarda joylashgan. Shuningdek, talabalar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan VKTTM, VBKTTM, RSHTYOIM Xorazm filiali, viloyat perinatal markaziy klinikalari ba’zalarida o’z  bilimlarini mustahkamlab bormoqdalar.

 

Bugungi kunda fakultetda 5 ta’lim yo’nalishi bo’yicha 731 nafar talaba tahsil olmoqda.

  1. 5510200 – Pediatriya ishi – 325 nafar;
  2. 5111000 – Kasbiy ta’limi – 118 nafar;
  3. 5510300 – Tibbiy profilaktika ishi – 207 nafar;
  4. 5510400 – Stomatologiya – 55 nafar;
  5. 5510900 – Tibbiy biologiya – 26 nafar;

 

       Mazkur fakultetda tahsil olayotgan talabalarga 10 nafar tibbiyot fanlari doktori professorlar, 33 nafar fan nomzodi, dotsent va 153 nafar malakali o‘qituvchilar bilim berib kelmoqdalar. Fakultet talabalari Respublikamizning turli viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va Turkmaniston Respublikasidan kelib tahsil olishadi. Bitiruvchilarimiz nafaqat viloyat, respublika miqyosida, balki dunyoning yetakchi davlatlarida faoliyat olib bormoqdalar.