Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Yoshlar ittifoqi
- Detallar
- 1643 marta ko'rildi:
Filial yetakchisi: Fazliddin Isomiddinovich Ro’zimatov
Qabul vaqti: Har kuni 09:00-18:00
Telefon: +99899 967 81 82
1992-yil 11-yanvarda Farg’ona viloyati Beshariq tumanida tavallud topgan. 2013-2019 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Kasbiy ta'lim” yo’nalishida tahsil olib imtiyozli diplom bilan yakunlagan. 2019-yil oktabr oyidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi.
Boshlang’ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:
- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o’quv, tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, mas’ul xodimlar va o’qituvchilardan zarur ma’lumotlarni olish hamda nazorat qilish;
- oliy ta’lim muassasasidagi darslar sifati, o’qituvchilar saviyasi va talabalar bilan munosabati, shuningdek, kutubxona, sport obyektlari faoliyatini o’rganish, reydlar, ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
- oliy ta’lim muassasasidagi sharoitlardan to’la foydalanish, yoshlar ishtirokida to’garaklar, klublar tashkil etish, ish rejadagi chora-tadbirlarning oliy ta’lim muassasasi tomonidan moliyalashtirilishini talab etish;
- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan oliy ta’lim muassasasi rektori va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
- nizomda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasida qo’shimcha tuzilmalarini tashkil etish;
- faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish va targ’ib etish.
Boshlang’ich tashkilot tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
Boshlang’ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
- yoshlar yetakchisi saylovi;
- umumiy yig’ilish;
- yoshlar kengashi (yoshlar yetakchisi, yoshlar kengashi yetakchilari);
- fakultet yoshlar kengashi;
- guruh yetakchisi;
- talabalar turar joyi, mehnat jamoasidagi yetakchi;
- boshlang’ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to’garaklar, klublar va boshqalar).