UZ   РУ   EN |

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrdagi “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5135-F-son farmoyishida belgilangan vazifalar va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 11 dekabrdagi 07\1-3109-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarida Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun daxldorlik va mas’ullik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 8 oktyabr №87-02-3467-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yilning 2 aprel sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida O‘zbekiston “Veteran” Jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi huzuridagi “Vatanparvar fidoyilar” jamoasi  tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida tashkillashtirilgan  “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbiri TATU Urganch filiali bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Vatanparvar fidoyilar” jamoasi direktori J.Z.Gulyamov, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi  Xorazm viloyati raisi R.I.Boltayev, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi  Xorazm viloyati Urganch tuman bo‘limi raisi, iste’fodagi leytenant A.I.Alamov, 1-guruh nogironi, jangchi-faxriy G.Sheranov, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi  Xorazm viloyati Bog‘ot tuman bo‘limi raisi J.Ibragimov, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi  Xorazm viloyati Xiva tuman bo‘limi raisi M.Tangriyev, O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi  Xorazm viloyati Yangibozor tuman bo‘limi raisi A.Qodirov, jangchi-faxriy M.Allayarov, TTA Urganch filiali  Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yakubov, TATU Urganch filiali Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.S.Yusupov, professor o‘qituvchilar, Yoshlar ittifoqi etakchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir Afg‘on urushi ishtirokchilari hayotiga bag‘ishlangan “Unutilmagan qahramonlar” filmi namoyishi bilan boshlandi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan yoshlar ong-u shuurida Vatanimiz mustaqilligi, osoyishtaligi yo‘lida aziz jonlarini qurbon qilganlar ruhini yod etish, hayot bo‘lganlarini qadrlashdek insoniy fazilatlar mustahkamlanib borayotgani har galgidan ko‘proq namoyon bo‘layotgani ta’kidlanib, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan mazkur tadbirlar  bugungi tinch-osoyishta va farovon hayotimiz yo‘lida jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz xalqimiz, davlatimizning doimiy e’tibor hamda e’zozida bo‘lib kelayotganing amaliy ifodasi ekanini alohida e’tirof etildi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar ushbu madaniy-ma’rifiy uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik nutqlarini bildirishdi. Tadbir davomida O‘zbekiston “Vatanparvar fidoyilar” jamoasi xonandasi S.Matmuradova tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar tomonidan qarsaklar bilan olqishlandi.

O‘tkazilgan “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbiri barchada iliq taassurot qoldirdi.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.