UZ   РУ   EN |

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Patronaj tizimida talabalarning ahamiyati.

2017 yil 5 yanvar va 7 fevraldagi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimining holati: muammolar va rivojlanish istiqbollari”ga bag‘ishlangan majlislar  bayonining  mos ravishda 5 va 7 bandlari topshiriqlari va O‘zbekiston Respublikasi  sog‘liqni saqlash vazirligining  2017 yil 18 martdagi № 112-sonli “Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, aholini  patronaj xizmati va profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini tizimli tarzda izchil amalga oshirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filili professor-o‘qituvchilari, Davolash fakulteti 5-6 kurs talabalari va xududga tegishli bo‘lgan patronaj xamshiralar bilan birgalikda Urganch tumanida joylashgan 28-son oilaviy poliklinikasiga qarashli Hidoyat, Orzu, Baxshilar, Xilol, Gulobod kabi maxallalarida istiqomat qiluvchi aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Bu ko‘rikdan maqsad onalar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni to‘liq patronaj tizimi bilan qamrab olish,  aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan  jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni targ‘ib etishdan iborat.

Talabalar patronaj xizmati davomida homiladorlar, go‘daklar, yosh oilalar, qariyalar, yangi tuqqan ayollar va parvarishga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz qariya, nogiron hamda  o‘zga  parvarishiga muhtoj shaxslarga uy sharoitida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar va kasalliklar profilaktikasiga e’tibor berdilar.

Agarda patronaj ko‘rigi davomida aniqlangan kasalliklar aniqlansa ularga 28-son qishloq oilaviy poliklinikasiga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka  tavsiya berdilar.

Talabalar patronaj xizmati davomida 28-son qishloq oilaviy poliklinikasiga tegishli bo‘lgan 2912 xonadonda istiqomat qiluvchi 18123 aholini  tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Shu aholining 305 nafari 1 yoshgacha, 4894 tasi 2-14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 15-79 yoshdagi tug‘ish yoshidagi ayollar 4806 tani,   9056-erkaklar, 9067-ayollar bo‘lib shulardan 24319 holda kasallik xolatlari qayd etilib, 489tasiga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikka yo‘naltirdilar.

Shuningdek talabalar xar bir fuqaroga individual tarzda yondashib, ularning kasalliklari haqida so‘rab-surishtirdilar, arterial qon bosimi, yurak pulsi, tana vazni, bo‘yi xaqidagi ma’lumotlarni olib ularga ovqatlanish tartibi, sanitar gigiena qoidalari haqida tushuncha berdilar.

Olingan ma’lumotlar asosida talabalar tomonidan kasalliklar yurak-qon tomir, nafas olish tizimi, me’da-ichak tizimi, siydik ajratish tizimi kasalliklariga guruxiga ajratildi.

Shuningdek patronaj xizmati davomida turli xil ko‘rinishdagi kam uchraydigan tug‘ma rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bemorlar xam kuzatildi.

Bunday ko‘riklarning tashkil qilinishi tuman aholisining tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qilgan bo‘lsa, tibbiyot institutlar bitiruvchi kurs talabalariga kelgusidagi shifokorlik faoliyatlariga amaliyot vazifasini o‘tab berishi va yosh professor-o‘qituvchilarning  ilmiy izlanishlar uchun yordam beruvchi omillardan biri bo‘ldi.

Zero inson salomatligi har narsadan ustun!

Avezov Muxiddin Ikromovich -TTA Urganch filiali, Fakultet va gospital jarroxligi kafedrasi assistenti.

Karimov Rasulbek Xasanovich - TTA Urganch filiali, Pediatriya fakulteti dekan o‘rinbosari.

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.