Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

2018 yilning 7 fevral sanasida TTA Urganch filialida g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 577 yillik tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 7 fevral sanasida TTA Urganch filialida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Navoiyxonlik” kechasi tashkil qilindi. Unda shoirlar, adabiyotshunos olimlar, filial Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ARM hodimlari, filial talabalari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.Tadbirni Davolash ishi fakulteti dekani, dots. O.O.Masharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Tadbirda “Ijtimoiy–gumanitar fanlar” kafedrasi o‘zbek tili fani o‘qituvchisi N.E.Samandarova Navoiy ijodiga to‘xtalib, uning g‘azallaridan namunalar o‘qidi hamda shoir she’riyatining sermahsul ekani, o‘z ijodida yigirma olti mingdan ortiq so‘zdan foydalanganligining o‘zi uning so‘z boyligi nechog‘lik keng ekanligidan dalolat berishini  e’tirof etib o‘tdi.Navoiy g‘azallarini kuyga solib kuylanishi tadbirga yana ham joziba qo‘shgan bo‘lsa, sahna ko‘rinishlari esa ushbu kechaga alohida fayz bag‘ishladi. Bo‘lib o‘tgan tadbirda filial professor-o‘qituvchilari A.Navoyining qoldirgan boy ma’naviy merosi borasida alohida to‘xtalib o‘tdilar, shuningdek, iqtidorli yoshlarimizning bilim va zukkoliklarini munosib  baholadilar.                                                                                        Yoshlarga bundan keyin ham Navoiy ijodini puxta o‘rganishlarida muvaffaqiyatlar tilab tadbir yakunlandi.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat – ma’rifat

va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi,

Davolash ishi fakulteti

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.