Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O’zbekiston hamda Britaniya Kengashi o’rtasidagi istiqbolli hamkorlik!

2018 yil 1 fevral sanasida Britaniya Kengashining yurtimizdagi tashrifi yuzasidan Toshkent shahrida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi. Unda ilmiy izlanishlar va iqtisodiy rivojlanish, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari hamda ko’nikmalari, zamonaviy yondashuvlar kabi masalalar muhokama etildi.

Mazkur bo’lib o’tgan seminarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidan ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari t.f.d., professor R.B.Abdullayev, UASH tayyorlash kafedrasi assistenti Y.Q.Masharipova, fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi assistenti M.I.Avezov, BKP, pediatriya va oliy hamshiralik ishi kafedrasi assistenti Z.B.Tajiyevalar ishtirok etib, o’zaro tajriba almashishdi.

Seminardan ko’zlangan maqsad xalqaro aloqalar va aniq amaliy natijalar, iqtisodiy rivojlanishga doir OTMdagi ilmiy-izlanish ishlari yo’nalishini ta’minlash uchun zarur ko’nikmalarni aniqlash, O’zbekiston OTMlari ilmiy ishlar bo’yicha prorektorlari, magistrant va doktorantlari bilan ilmiy izlanish ishlarini olib borish bo’yicha xalqaro tajriba almashish, biznes va ishlab chiqarish uchun yaqin aloqalarini ta’minlashni muhokama qilish, ilmiy ishlar natijalarini nufuzli xalqaro nashriyotlarida chop ettirish uchun kerak bo’lgan talablarni o’rganib chiqishdan iborat.

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.