Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida “Mardlar qo’riqlaydi – Vatanni!” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi!

Mamlakatimizda har yili 14 yanvarda, Vatan himoyachilari kunini milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangan. Shu maqsadda TTA Urganch filialida 2018 – yil 12 – yanvar sanasida  Harbiy-yuridik yo‘nalishdagi Urganch Temurbeklar maktabi jamoasi bilan hamkorlikda “Mardlar qo’riqlaydi - Vatanni!” shiori ostida katta tadbir tashkil qilindi. Unda talabalar Vatanimiz posponlarini ulug‘lab she’r va qo‘shiqlar aytishib, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini tomoshabinlarga namoyish qilishdi.  Mazkur tadbirda filial iqtidorli talabalari tomonidan namoyish etilgan badiiy sahna chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, Harbiy-yuridik yo‘nalishdagi Urganch Temurbeklar maktabi o’quvchilarining harbiy jangovor chiqishlarini zo‘r mahorat bilan namoyish qilishgani barchaga zavqu – shavq baxsh etdi.  Tadbirda TTA Urganch filiali Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari K.R. Yakubov barchani 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etib,   “Vatan – ota-bobolarimizning muborak xoklari yotgan tabarruk zaminligi, u bir umr sevib, ardoqlab, ko‘zimizga to‘tiyo qilib yashaydigan muqaddas sajdagoh” ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Tadbir yakunida TTA Urganch filialining eng faol, iqtidorli va izlanuvchan talabalariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.