+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Ana shunday targ‘ibot tadbiri Xiva shahrida tashkil etildi. Mazkur tadbirda  mahalla faollari,  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi  yetakchilari, Xiva shahar Ma’naviyat  va ma’rifat bo'limi  xodimlari ishtirok etdilar.   

Tadbirda  TTA Urganch  filiali  professor-o‘qituvchilari  o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Tadbirni Xiva shahar Ma’naviyat va ma’rifat  bo'limi rahbari Sh.Abdullayeva  o‘z nutqi bilan ochiq deb e’lon qildi va tadbir qatnashchilariga  mehmonlarni tanishtirib o‘tdi. TTA Urganch filiali Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi  N.Xudaykulova  murojaatnomada o‘z aksini topgan “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Filialning Ichki kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Mahmudova  murojaatnomada tilga olingan “Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar”ga bag‘ishlangan ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Davolash fakulteti  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  dekan  o‘rinbosari J.N.Jumaniyazov  murojaatnomada  alohida e’tibor qaratilgan “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.   

Shuningdek, tadbirda TTA Urganch filiali Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Rahimova o‘z fikr va mulohazalari bilan ishtirok etdi. Tadbir OAVlarida keng yoritildi.  Targ’bot   tadbirlari  davomida  Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

TTA Urganch filiali DavolashvaPediatriya

fakulteti dekanati 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.