Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 7 kurs bitiruvchilarini ishga taqsimoti bo’yicha Xorazm viloyati hokimi I.M.Sobirov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning ushbu sohani rivojlantirish, uni tubdan isloh qilishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu borada birlamchi tibbiyot xizmati, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat, xususiy tibbiyot, aholining reproduktiv salomatligini asrash kabi yo’nalishlar ustuvor vazifa qilib belgilangan. Tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatishga alohida e’tibor berilmoqda. Soha uchun kadrlar tayyorlash ko’lami kengaymoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 12 dekabr kuni bir guruh tibbiyot oliygohlari vakillari va tibbiyot xodimlari bilan o’tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar va topshiriqlarning viloyat bo’yicha ijro holatini o’rganish yuzasidan 2017 yilning 30 dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 7-kurs bitiruvchilarini ishga taqsimoti bo’yicha Xorazm viloyat hokimi I.M.Sobirov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda viloyatning tibbiyot birlashmalari rahbarlari, filial professor-o’qituvchilari va bitiruvchi kurs talabalari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Yig’ilishda asosiy e’tibor Respublikadagi tibbiyot kadrlariga bo’lgan aniq ehtiyojdan kelib chiqqan holda, bitiruvchilarning doimiy ro’yhatdan o’tgan turar-joy hududlariga mosligiga qat’iy rioya qilgan holda, ish beruvchi tibbiyot muassasalari va bitiruvchilar o’rtasida mehnat shartnomlarini imzolash masalalariga e'tibor qaratildi. Uchrashuvda ushbu masalalar yuzasidan bir qator takliflar berilib, mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida viloyat hokimi yig’ilish a’zolarini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan qutlab, bitiruvchilarning kelgusidagi faoliyatlarida omad va zafarlar yor bo’lishiga ezgu tilaklar bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.