Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida 1 dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 30 noyabr sanasida 1 dekabr — Xalqaro OITSga  qarshi kurashish kuni munosabati bilan Xorazm viloyat Narkologiya dispanseri, OITSga qarshi kurashish viloyat Markazi, Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi, filialning Pediatriya fakulteti 2-bosqich 221-A/B guruh talabalari va ota-onalari bilan hamkorlikda “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostidagi tadbir TTA Urganch filialining videokonferensiyalar zalida   bo‘lib o‘tdi.

Tadbir oldidan filial faesida ARM tomonidan OITSga qarshi chop qilingan kitob va risolalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmadagi kitob va risolalarni ARM kutubxonachilari sharhlab berishdi.

TadbirdaMa’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha TTA Urganch filiali direktori o‘rinbosari K.R.Yаkubov,Xorazm viloyat Narkologiya dispanseri narkolog shifokori Farxod Atajanov, Xorazm viloyat OITSga qarshi kurash markazi bosh shifokori o‘rinbosari D.S.Palvanov, Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi “Gulzor” mahallasi  profilaktika noziri, leytenant A.I.Raximov,  Ma’naviyat va   ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i E.Alimov, filialning Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri M.S.Mehmonov, Pediatriya fakulteti 2-bosqich 221-A/B guruh murabbiysi, biologiya fanlari nomzodi B.S.Samandarova, filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, shuningdek, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda TTA Urganch filiali Pediatriya  fakulteti 2-bosqich 221-A/B guruh talabalarining giyohvandlik va OITSga qarshi taqdimotlari va sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi. Namoyish qilingan taqdimotlarda giyohvanlik va uning salbiy oqibatlari  hamda undan saqlanishning samarali yo‘llari haqida yig‘ilganlarga kerakli ma’lumotlar berib o‘tilgan bo‘lsa, sahna ko‘rinishlarida esa giyohvandlik va OITS illatlariga adashib kirib qolgan va bu tuban botqoq girdobidan chiqa olmay qolgan yoshlarning hayoti va OITSning mudhish oqibatlari talabalarning mohirona ijodiy yondashuvlari va aktyorlik mohoratlari orqali ko‘rsatib berildi.

Shuningdek,tadbirdasog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadidaShotokan-karate-do bo‘yicha O‘zbekiston Chempionatida 78 kg vazn toifasida 3-o‘rinni egallagan, filialimizning 3-bosqich talabasi Ozodbek Rashidovning sport bo‘yicha shogirdlarining karate bo‘yicha chiqishlari namoyish qilindi. Sportchilarning mohirliklari va epchilliklari barchada katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda o‘qilgan ma’ruzalarda ota-onalar, ta’lim muassasasi va mahallalar o‘rtasidagi hamkorlik yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni turli zararli ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash, ona-Vatanga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash uchun uning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish hamda turli fan va sport to‘garaklariga keng jalb etish, bo‘sh vaqtlarining mazmunli o‘tkazilishini ta’minlashda dolzarb ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

Tadbirda OITSni keltirib chiqaruvchi omillar, xastalikning oqibatlari haqida ma’lumot berilibgina qolmay, bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan profilaktika ishlari, kasallikka chalingan fuqarolarni davolash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. 

Tadbir jonli tarzda o‘tib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.