Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O’zbekiston terapevtlarining VII s’ezdi

Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari  Toshkent shahrida “Ichki a’zolar kasalliklarini tashxislash va davolashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida O’zbekiston terapevtlarining VII s’ezdi bo’lib o’tdi. Unda xorazmlik olimlar, mutaxassislar, terapevtik kafedra mudirlari ishtirok etishdi. Plenar yig’ilishda xorijdan kelgan professorlar quyidagi  ma’ruzalar o’qishdi:

  1. “O’tkir koronar sindromda zamonaviy taktika va davolash”  Alyavi A.L. O’zbekiston, Toshkent
  2. “Arterial gipertoniya bor bemorlarda qaysi holatlarda siydik xaydovchi preparatlar birinchi qator preparatlar bo’la oladi” Mamedov M.N. Rossiya, Moskva
  3. “Virusga qarshi terapiyaning zamonaviy imkoniyatlari” Marushko Yu.V. Ukraina, Kiev
  4. “Artrit va artrozlardagi og’riq sindromini davolashda yallig’lanishga qarshi nosteroid vositalarning  o’rni”   Soroka N.F. Belarus Respublikasi, Minsk                                          
  5. “Jigarning noalkogol yog’ kasalligi yurak-qon tomir patologiyasining erta prediktori sifatida: fikrlar birligi va ziddiyati”  Sas E.I. Rossiya, Sankt-peterburg
  6. “Jigarning dorilardan zararlanishi: taraqqiyot uchun intiqom” Rayxelson K.L. Rassiya, Sankt-peterburg
  7. “Surunkali yurak etishmovchiligi: klinik tavsiyalardan amaldagi amaliyotgacha” Yakushin S.S. Rossiya, Moskva
  8. “Neyrositoprotektorlarning farmakologik surati: xulosalar va istiqbollar” Afanasyev V.V. Rossiya, Sankt-peterburg
  9. “Arterial bosimni nazoratda ushlashga oid muammolar xamda arterial gipertoniya va yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda  endotelial funksiyaning korreksiyasi” Maksimov M.N. Rossiya, Moskva
  10. “Shifokor amaliyotida respirator infeksiya: tipik xatolardan bemorga-yo’naltirilgan davogacha” Ruzanov D.Yu. Belarus Respublikasi, Gomel

Plenar yig’ilishdan keyin s’ezd ishtirokchilari  kardilogiya, gastroenterologiya, pulmonologiya, revmatologiya va nefrologiya  sho’balarga bo’lindilar. Delegatsiya katta tassurotlar bilan qaytdi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.