Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

2017 yilning 22 noyabr sanasida O‘zbekiston Xalq artisti Xayrulla Sa’diev rahbarligida O‘zbekiston Davlat Satira teatri ijodiy jamoasi TTA Urganch filialiga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 sentyabrdagi “Vazirliklar va idoralar xodimlarini tashkiliy ravishda teatrlarga tashrif buyurishini tashkil qilish, teatrlar hamda ijodiy jamoalarining Respublika bo‘ylab gastrol safarlarini amalga oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-sonli Bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yilning 22 noyabr sanasida O‘zbekiston Xalq artisti Xayrulla Sa’diev rahbarligida O‘zbekiston Davlat Satira teatri  ijodiy jamoasi TTA Urganch filialiga tashrif buyurdilar.

Teatr jamoasini TTA Urganch filiali direktori R.Yu. Ruzibaev, Ma’naviyat – ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari hamda filial talabalari mamnuniyat bilan kutib olishdi.

Filial o‘quv muassasasi binosiga tashrif O‘zbekiston Davlat Satira teatri  ijodiy jamoasi uchun ham qiziqarli bo‘ldi va ushbu jamoa filial o‘quv muassasasidagi dars mashg‘ulotlariga ham qatnashdilar.

Shu kuni TTA Urganch filiali professor – o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalarining madaniy dam olishlarini qo‘llab - quvvatlash maqsadida Urganch shahridagi “Istiqlol” madaniyat va aholi dam olish maskanida O‘zbekiston Davlat Satira teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Chig‘iriq” nomli spektakli tomoshalariga tashrif uyushtirildi.

Spektakl g‘oyasi yoshlarning ma’naviy ongini boyitish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, mehnatsevarlik, umuminsoniy qadriyatlarning yosh avlod ongiga singdirishdan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston Xalq artisti Xayrulla Sa’diev rahbarligidagi O‘zbekiston Davlat Satira teatri mahoratli aktyor va aktrisalari tomonidan jonli va samimiy ruhda namoyish qilingan ushbu spektakl filial jamoasida katta taassurot uyg‘otdi.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.