Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash munosabati bilan filial talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Millatimiz iftixori” mavzusidagi maqolalar tanlovi

TTA Urganch filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ 2854-sonli qarori,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 martdagi 175-sonli buyrug‘i hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 14 sentyabr №87-02-2993-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 martdagi 175-sonli buyrug‘i belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida filialda ichki buyruq ishlab chiqildi va aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan filial talabalari o‘rtasida “Millatimiz iftixori” mavzusidagi maqolalar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi - yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy-ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining 100 yilligini munosib nishonlash, talaba-yoshlarni atoqli davlat arbobi va adibning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab –quvvatlashga qaratildi.

“Millatimiz iftixori” mavzusidagi maqolalar tanlovini o‘tkazish  yuzasidan filialda tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha filial rektori buyrug‘i bilan tashkiliy qo‘mita va soha professor-o‘qituvchilari, olimlari, mutaxassislari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar hay’ati tasdiqlandi hamda talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar (makolalar) fakultetlar va filial kesimida tuzilgan hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholandi. Tanlovning birinchi bosqichi - filial fakultetlari talabalari o‘rtasida joriy yil oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida, ikkinchi bosqich - tanlovning filialda o‘tkazilgan fakultetlararo birinchi bosqichi g‘oliblari o‘rtasida joriy yilning 27 oktyabr sanasida o‘tkazildi.

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan  o‘tkazilgan “Millatimiz iftixori” mavzusidagi tanlovningikkinchi bosqichida tanlovning filialda o‘tkazilgan fakultetlararo birinchi bosqichi g‘oliblari ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi. Jumladan, filialning 622-B guruh talabasi Yusufjonova Xurshida, 202-V guruh talabasi Maratov Pirjon, 121-B guruh talabasi Boltaev Javohir, 202-A guruh talabasi Matkarimova Mahliyo, 304-A guruh talabasi Djumaniyazov Dadaxon, 404-B guruh talabasi Abidov Farrux, 523-A guruh talabasi Matyakubova Yulduz, 541-V guruh talabasi Xasanova Moxira,  223-B guruh talabasi Otelbaeva Gulnoza, 422-A guruh talabasi Fayziev Murodjon, 321-A  guruh talabasi Ikramov Dilshodlarning ushbu tanlov bo‘yicha maqolalari ko‘rib chiqildi va Hakamlar hay’ati tomonidan 223-B guruh talabasi Otelbaeva Gulnoza ijodiy ishi 1-o‘ringa, 422-A guruh talabasi Fayziev Murodjon ijodiy ishi 2-o‘ringa, 321-A  guruh talabasi Ikramov Dilshod ijodiy ishi esa 3-o‘ringa loyiq deb topilib, ushbu tanlov bo‘yicha g‘olib bo‘lishdi.

Tarixdan ma’lumki, mamlakat taraqqiyoti ilm-fan rivojiga bog‘liq. Prezidentimizning qabul qilayotgan har bir qarorlari, farmonlari, farmoyishlari va tashriflari davomida bildirayotgan fikr-mulohazalari yurtimiz rivojini, xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan. Shu jihatdan olganda atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini katta adabiyot, ma’naviyat bayrami sifatida nishonlanishi o‘tmishimizda yashab o‘tgan ajdodlarimizga hurmatimiz ramzidir.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.