Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Erasmus+” loyihasi Xorazmda

         2017-yilning 4 – noyabr sanasida  Urganch  Davlat  Universitetida   “Erasmus+” loyihasi boyicha konferensiya bo’lib o’tdi. Unda Yevropa  ittifoqining   ta'lim  o'qitish, yoshlarning  kamol  topishi   va  sport yo'nalishlarini o'z ichiga qamrab oluvchi dasturning Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi oliygohlari professor-o’qituvchilari hamda talabalari qatnashdilar.

         Unda  filialimizdan  ilmiy  ishlar bo'yicha  direktor  o'rinbosari,   professor  R.B. Abdullaev, Xalqaro  aloqalar  bo'limi  boshligi, dotsent D. Yu. Batirov, kollej  va  litseylar  bilan  ishlash  bo'yicha  direktor  o'rinbosari I. A. Abdullaev  hamda   "Fakul’tet  va  jarrohlik  kafedrasi" ilmiy ishiga  mas’ul  xodimi asistent M.I. Avezovlar  qatnashdi.

               Ilk bor “Erasmus+”   dasturi  1987-yilda oliy ta'limdagi   talabalarga xorijda  bilim   olish  imkoniyatini  beruvchi   almashinuv  dasturi  sifatida  o'z faoliyatini   boshlagan.  O'tgan  30-yil  mobaynida  u  o’z  faoliyatini  ancha kengaytirdi. Hozirgi  kunda  “Erasmus+”  dasturi  jismoniy   va  yuridik shaxslarga  ko'plab  imkoniyatlar   yaratib  bermoqda,  ya'ni  chet  elga  ko'ngilli  yoki  talaba sifatida  chiqish  va  qo'shma  loyihalar   doirasida  hamkorlik  qilinmoqda.

         Sport ham   “Erasmus+”  dasturining  muhim  bir  qismiga  aylandi.  Ushbu  dastur  endilikda  Evropa  mintaqasidan  tashqari,  boshqa  hududlarni  ham  qamrab  olmoqda.

Dalillar shuni ko'rsatadiki, 2014-yil “Erasmus+”  dasturi o'z faoliyatini boshlagan kundan buyon jamiyatning barcha qatlamlaridan 2 million kishi ta'lim olish va tajriba o'rganish imkoniyatlariga ega bo'lgan, va 30 yil davomida jami 9 million kishi dasturda ishtirok etgan.

Konferentsiya  davomida  ishtirokchilar  o'ziga   Yevropa davlatlarida  talabalar  o'qishi yoki  o'qishini  davom  ettirish  usullari, imkoniyatlari, magistraturalarda  ta'lim  olish imkoniyatlari,   shuningdek “Erasmus+”  doirasida  loyiha  va grandlar  yozishning qonun - qoidalari  to'grisida kerakli ma'lumotlarni oldilar.

Filialimiz  ishtirokchilari  konferensiya  davomida  boshqa OTM  professorlari bilan  muzokara  olib  borgan  holda  faol  ishtirok  qildilar.

         Shuningdek, konferensiyada xorijda ilgor o'qitish tizimi sifatida tan olingan Bolonya ta'lim tizimi haqida ham ma'lumotlar berildi.

Konferensiya    filialimiz  vakillari  va  ishtirokchilar  uchun  ayni  muddao  bo'ldi va yuqori saviyada o'tdi.

Konferensiya   yakunida  bir guruh ishtirokchilarga sertifikatlar  tarqatildi.

 

 

              

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.