Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida 2017 yilning 31 oktyabr sanasida filial Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining talabalar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimini shakllantirish dolzarb vazifa sanaladi.

Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining bilim va malakasini izchil oshirib borish, talaba-yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish, diniy ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, missionerlik, ,giyohvandlik, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashish mavzusidagi uchrashuv tadbirlari va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2017 yilning 31 oktyabr sanasida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining talabalar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda TTA Urganch filiali Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yakubov, Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i E.N.Alimov, uslubchilar U.O.Karimov, G.Sh.Xusainova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari J.N.Jumaniyazov, I.B.Salaev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi BT etakchisi X.A.Jumanazarov, kafedralarning ma’anviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha mas’ullari, Talabalar uyi komendanti A.Kazakov hamda Talabalar uyi tarbiyachi-pedagogi B.Abdalovlar ishtirok qilishdi.

— Hozirgi kunda eng ko‘p e’tibor qaratilgan jihat — bu bevosita  yoshlar masalasi sanaladi. Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sport musobaqalariga keng jalb etish turli huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarning oldini olishda eng ta’sirchan hamda samarali yo‘l hisoblanadi. SHuni inobatga olgan holda, biz har bir talabani filialda tashkil qilingan to‘garaklarga, ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi tadbirlarga keng jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqishimiz lozim,- deya yig‘ilishda ta’kidlab o‘tdi TTA Urganch filiali Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yakubov.

 

K.R.Yakubov o‘z nutqida filialda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan birga, hali talay muammolar ham borligiga e’tibor qaratib o‘tdi. Masalan, guruh murabbiylarining ish faoliyatlarini olib borishlarida faolligi sezilmayapti. Shuni inobatga olib, fakultetlarda guruh murabbiylari faoliyatini kuchaytirish maqsadida o‘quv seminarlari va monitoring o‘tkazib borishni tizimli yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilishda yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, turli “Ommaviy madaniyat”ning oldini olish bo‘yicha TTA Urganch filialida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi va bu boradagi kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, filialda “Xellouin-qadriyatlarimizga zid bayram”, “Fleshmobning yomon oqibatlari” mavzularida  har bir akademik guruhda va Talabalar turar joyida profilaktik tadbirlar o‘tkazish lozimligi ta’kidlab o‘tildi va bu borada mas’ul xodimlarga topshiriq va vazifalar berildi.   

Shuningdek, yig‘ilishda Talabalar turar joyida kafedra kunlari va tarbiyachi-pedagog, psixolog faoliyatlarini samarali tashkil qilish masalasiga to‘xtalib o‘tilib, Talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog va psixolog shtatini joriy etishdan maqsad - talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Maxkamasining qarorlarida, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ta’lim muassasasi talabalari ongiga milliy g‘oyani singdirish, ularda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod inson shaxsini shakllantirish masalasi, talaba-yoshlarning siyosiy ongini, xushyorligini yanada oshirish, jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-hodisalarga, islohotlarga faol munosabatini tarbiyalash, hozirjavobligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli ekstremistik oqimlar ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ruhini shakllantirish va barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida kun masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganilib, chora-tadbirlar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.