Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali ARM kutubxonachi xodimi kutubxonachi xodimlar o‘rtasidagi “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini

rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni muntazam va tizimli tarzda, keng targ‘ib etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida mahallalar, oliy va o‘rta-maxsus, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda mehnat jamoalarida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” kitobxonlik oyligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 21-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash yuzasidan 2017 yilning 18 oktyabr sanasida viloyat Axborot kutubxona markazida viloyatdagi Axborot resurs markazlari kutubxonachilari o‘rtasida “Islom Karimov  asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.   

Viloyat hokimining o‘rinbosari  Sh.Xo‘janiyozova, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi raisi o‘rinbosari B.Masharipov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi mutaxassisi E.Abdirimov, Viloyat  Axborot-kutubxona markazi direktori R.Qurbanov, Urganch Davlat universiteti tarix fani o‘qituvchisi  D.Atamuratova, Urganch ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji ARM rahbari I. Adambaeva,Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi  Axborot-resurs markazi direktor o‘rinbosari G.Saurovalar ko‘rik-tanlovda hakamlik qilish orqali tanlovni odilona baholab borishdi.                               

Viloyat Axborot-kutubxona markazining Huquqiy axborot sektori mudiri I.Matsapaeva, Oliy o‘quv yurtlariga qarashli Urganch Davlat Universiteti ARM dan Sh.Niyozmetova, Toshkent Tibbiyot akademiyasi  Urganch filiali ARMdan N.Hakimova, Viloyat o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga qarashli Urganch tumani maishiy kasb-hunar kolleji ARM rahbari H.Tajieva, Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli Xiva tuman 2-son maktab kutubxonachisi  D.Polvanovalar ko‘rik-tanlovda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qilishdi.

Ko‘rik-tanlov shartlari bo‘yicha 1, 2, 3-turlari talablarini to‘liq va aniq bajarganligi tufayli eng yuqori ball to‘plagani e’tirof etilib, Toshkent tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali ARM 1-toifali kutubxonachisi Hakimova Nigora g‘olib deb topildi va g‘olibga 2017 yil 1 noyabrda  Milliy axborot-kutubxona haftaligi “INFOLIB-2017” doirasida o‘tkaziladigan“Islom Karimov asarlari bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining  3-bosqichiga yo‘llanma berildi.                           

Birinchi Prezidentimiz asarlarini keng targ‘ib etish, u zot tomonidan Vatan manfaati, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan ulug‘vor ishlar bilan aholi, ayniqsa, yoshlarni yaqindan tanishtirish, shuningdek, Vatanga sadoqatli, milliy va umuminsoniy qadriyat, an’analarga sodiq, yuksak ma’naviyatli avlodni shakllantirish maqsadida mamlakatdagi Axborot-kutubxona mutaxassislari o‘rtasida tashkil etilayotgan ushbu tanlov g‘olibi, Toshkent tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali ARM 1-toifali kutubxonachisi N.Hakimovani biz ham g‘oliblik bilan qutlagan holda, “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovining  respublika bosqichida ham faxrli o‘rinlarni egallashida omadlar tilaymiz.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi,

Axborot resurs markazi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.