Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialining Axborot-resurs markazida 2017 yilning 21 oktyabr sanasida “Islom Abdug‘anievich Karimov asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini

rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 13 sentyabrdagi Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borgan ulkan bunyodkorlik ishlari, sermazmun va sermahsul, barchaga ibratli hayoti va bemisl faoliyatini keng targ‘ib etish, uning muallifligidagi asarlar mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, targ‘ib etish maqsadida 2017 yilning 21 oktyabr sanasida talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovining filial bosqichi yakunlandi.

Tadbir oldidan filial faesida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi Huquqbuzarliklarni oldini olish ishlari bo‘limi mudiri A.J.Jumanyozov, TTA Urganch filiali  Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i E.N.Alimov, Davolash ishi fakulteti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.N. Jumaniyazov, ARM direktori Sh.Sultanovalar ishtirok etishib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlarida milliy g‘oya va mafkuramizning asosiy tamoyillari, mamlakatimiz ravnaqi va yoshlar kelajagi borasida konseptual fikrlar jamlanganligi va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof qilib o‘tishdi.

“Islom Abdug‘anievich Karimov asarlari bilimdoni” ko‘rik-tanlovining filial bosqichida Davolash ishi fakultetining 404- “V” guruh talabasi E.O‘.Karimov g‘olib deb topildi.

G‘olib va sovrindorlar filial ma’muriyati va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

TTA Urganch filiali

Axborot resurs markazi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.