Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

2017 yilning 20 oktyabr sanasida TTA Urganch filiali Murabbiylar Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Jamiyatimiz turfa axborotlarga to‘lib-toshgan bugungi zamonda yoshlar tarbiyasi har qachongidan ko‘proq mas’uliyat

talab qilayotganini ortiqcha izohlab o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak. TTA Urganch filialida 2017 yilning 20 oktyabr sanasida bo‘lib o‘tgan Murabbiylar Kengashi yig‘ilishida ana shu masalalar yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda TTA Urganch filiali Murabbiylar Kengashi raisi M.R.Raximova, Ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi G.Sh.Xusainova va Davolash ishi fakulteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.N.Jumaniyazovlar “Axborot soatlari” mashg‘ulotlarini o‘qitishda ilg‘or kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish usullari, taqdim etilayotgan axborotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga teran tushuntirishda murabbiy mahorati haqida so‘z yuritishdi.

 – Yoshlarni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalash – davr talabidir. Buning uchun avvalo yoshlarda kitobga mehr va qiziqish uyg‘otish, ularning ruhiy olamini yanada boyitadigan kitoblarni ko‘paytirish ishlariga yurtimizda keng e’tibor qaratilmoqda. Bunday ulug‘vor sa’y-harakatlarga javoban biz ham talabalarda kitob o‘qish madaniyatini oshirishimiz, badiiy hamda ilmiy-ommabop kitoblarga qiziqtirishimiz zarur. Kelgusida har bir guruhda “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir,- deya ta’kidlab o‘tdi TTA Urganch filiali Murabbiylar Kengashi raisi M.R.Raximova.

Shuningdek, yig‘ilishda guruh murabbiylari faoliyatini baholash reytingi mezonlari muhokamaga qo‘yildi va tasdiqlandi.

Murabbiylar bu borada qiziqtirgan savollariga muxtasar javoblar olish bilan bir qatorda o‘z fikr-mulohazalarini ham o‘rtoqlashdilar.

Tadbirda guruh murabbiylari faoliyatlari tanqidiy hamda tahliliy baholanib, bu boradagi ishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.

TTA Urganch filiali Murabbiylar Kengashi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.