Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asoschisi Birinchi Prezident Islom Karimovning nomi abadiydir!

O‘zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod

qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.

Tarixdan buyuk arboblar yoki podshoh, yurt boshilar vafotidan keyin halq necha vaqtlar o‘tib o‘ziga kelmabdi, halq tinmasdan ko‘z yosh to‘kibdi degan misralarni o‘qisak, qaysidir ma’noda bo‘rttirilganday tuyulardi go‘yo...

Lekin taqdirni taqozasi bilan bizning boshimizga ham xuddi shunday holat tushdi-yu, buni nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini xis qildik.

2016 yil 2 sentyabrda o‘zbek halqi boshiga og‘ir kulfat tushdi...

25 yil davomida ham otamiz, ham onamizdek bo‘lib qolgan ulug‘ rahnamomizdan judo bo‘ldik. Bu kutilmagan judolik esini tanigan go‘dakdan tutib barcha-barchani talvasaga solib qo‘ydi. Necha kungacha shahar va qishloqlarda, korxona va tashkilotlarda, uy va xonadonlarda yig‘i sasi arimadi, 3 kungacha televidenieda eshitilagan motam ovozi halqimizning yuragidan chiqayotgan yig‘i va nidoning kuyidan olinganga o‘xshardi...

Yurtboshimizni ohirgi manzilga kuzatish chog‘ida Samarqand va Toshkent ko‘chalarida yig‘lab kuzatayotgan insonlarning son - sanog‘i yo‘q edi......

Har bir shahar va tuman hokimligi tomonidan tashkil qilingan motam marosimlaridagi hamyurtlarimizning navbatining izi ko‘rinmasdi...

Hamma ich-ichidan nola qilib, xuddi kimdir yuragining bir parchasini olib ketayotganday yig‘lashar edilar...

Xuddi hech  kim RAHNOMASINI abadiyatga bergisi kelmayotgandek...

Lekin hammamiz banda ekanmiz, Alloh  omonatini oldi...

O‘zbekiston halqining baxti bor ekanki, bizga shunday insonning Prezident  bo‘lishi nasib etdi.

U insonning  juda qisqa muddatda qilgan ishlarini butun dunyo tan oldi. Uni kuchli siyosatchi ekanligi, uning olib borgan islohotlari,  yaratgan “o‘zbek modeli” dunyoning nufuzli tashkilot va universitetlarida o‘qib o‘rganilmoqda, ko‘pgina davlatlar boshqaruv islohotlarida amalda qo‘llab kelmoqdalar.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov  bizga Vatanni sevishni o‘rgatdi. Chunki Vatanni sevgan insongina mamlakatni rivojiga, taqdiriga jonini fido qilib, mamlakatni benuqson san’at darajasida boshqara oladi.

Ayniqsa, sobiq tuzum asoratlari tufayli respublikamizda ahvol naqadar xatarli tus olganini avvalo ta’minot masalasi butunlay izdan chiqib, xalqimizni boqish uchun bor-yo‘g‘i bir hafta-o‘n kunga etadigan un zaxirasi qolgani, tartib-intizom bo‘shashib, turli qo‘poruvchi va g‘alamis kuchlar bosh ko‘tarib, yurtimiz deyarli jar yoqasiga kelib qolgani misolida tasavvur qilish qiyin emas. 

Ana shunday o‘ta tahlikali vaziyatda xalqimiz qalbida yuksak umidlar bilan yurtboshimiz  tanlagan yo‘ldan – mustaqillik yo‘lidan olg‘a qadam tashladi. Kelajakka ishonish, umid bog‘lash bu eng bebaho ne’matdir. Chunki hozirgi paytda dunyoda qancha - qancha xalqlar umidsizlik azobida kun kechirmoqdalar.  Ana shu umid xalqimizni o‘zining qat’iyati va matonatini amalda namoyish etishga, O‘zbekistonimizning yorug‘ va buyuk kelajagiga ishonishga undadi.

Yurtboshmiz tomonidan olib borilgan islohotlarda mustaqillikning birinchi kunlaridanoq, ahvolimiz qanday og‘ir va xavf-xatarli bo‘lmasin, har qadamda paydo bo‘layotgan to‘siq va g‘ovlarni, turli muammolarni yechish bilan band bo‘lishdan qat’iy nazar, mamlakatimizning bugungi kuni va istiqboliga javob beradigan, chuqur o‘ylangan strategiyamiz ustida ishlashda to‘xtamadi.

Biz tanlagan yo‘l – mashhur besh prinsipga asoslangan taraqqiyot strategiyasi naqadar to‘g‘ri ekanini, og‘ir sinovlardan o‘tib, mamlakatimiz rivoji uchun mustahkam zamin bo‘lib qolganini hayotimizning o‘zi isbotlab bermoqda.

Mustaqillik  yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar o‘sdi, uning tarkibida sanoatning ulushi 14 foizdan 34 foizga etdi, jahon miqyosidagi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulotimizning o‘sish sur’atlari oxirgi 11 yil davomida kamdan-kam davlatlar qatorida 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelmoqda. Eng muhimi, o‘tgan davr mobaynida odamlarimizning salomatligi mustahkamlanib, onalar o‘limi 3,2 barobar, bolalar o‘limi 3,4 barobar kamaygani, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o‘rtasida 76 yoshga uzaygani, aholimizning soni 2016 yilning oxirigacha 32 milliondan oshib ketishi, ya’ni mustaqillik yillarida xalqimiz 12 millionga ko‘paygani bizning qanday katta yuksalish yo‘lini bosib o‘tganimizni, el-yurtimizning hayot sifati va farovonligi o‘sib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi. 

Bularning barchasi avvalo mard va matonatli xalqimizning qahramonona mehnati evaziga amalga oshirilmoqda va mamlakatimiz o‘zining barqaror rivojlanish sur’atlari bilan xalqaro jamoatchilikni hayratda qoldirmoqda.

Uning islohotlari markazida mamlakatimizni demokratik yangilash, modernizatsiya qilish, uning raqobatdoshligini oshirish yo‘lida boshlagan islohotlarimizni davom ettirish, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va unda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning ulushini kengaytirish va uning ustuvorligini ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes samarasini oshirish, xorijiy investitsiyalar hajmini ko‘paytirish, zamonaviy, yuqori texnologiyalarni joriy etish maqsadida mamlakatimizda yaratilgan imtiyozlarni yanada kengaytirish vazifalari  turar edi. 

Halqimiz Alloh nazari tushgan yurtda yashyotganiga yana bir karra amin bo‘ldilarki, o‘sha judolikdan keyin hech shubhalanmasdan Birinchi Prezidentimiz yonida  yurtimiz  rivoji va istiqboli uchun o‘zini fido qilib, kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan mehnat qilayotgan Shavkat Miromonovich Mirziyoevni prezident qilib sayladilar.

Juda qisqa davrda hozirgi vaqtda tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan davr, dunyo bozorlarida noaniqlik, beqarorlik va inqiroz davom etayotgani, raqobat kuchayib, shafqatsiz tus olayotgani, xomashyo narxining pasayib borayotganini to‘g‘ri anglagan holda yangicha ish uslubida, rahbarlik va etakchi lavozimlarda o‘tirgan shaxslardan eski qarash va yondashuvlardan, ish uslublaridan butunlay voz kechib, yangicha fikrlashni, ishni tashkil qilish va boshqaruv tizimini zamon talablari darajasiga ko‘tarish bo‘yicha yangi qonun va qarorlar qabul qilindi.

2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi  mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun anik mas’ullar, muddat va moliya manbalari  belgilangan yangi konsepsiya hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev 2017 yil 25 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Islom Abdug‘anievich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi.
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan Birinchi Prezidentimizning so‘nmas xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mamlakatimiz fuqarolaridan ko‘plab takliflar olindi.

Ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘anievich Karimovning yorqin xotirasi abadiydir!

 

TTA Urganch filiali dotsenti – G. Matrizaeva,o‘qituvchi- M.Rahimova

 


Porloq xotirasi doim qalbimizda elboshimning.

Elim deb, yurtim deb yonib yashang der edingiz

Xalqi uchun changallarda sarson bo‘lgan sher edingiz

YUrtimiz farzandlarin mening farzandlarim deb

YUksak maqsadlar sari olg‘a bolam der edingiz.

Amallari, so‘zlari qoldi meros yurtboshimning

Porloq xotirasi doim qalbimizda elboshimning.

Siz yaratgan bu jamiyat xalqim uchun jannat go‘yo

YUrtimning asrlar osha orzulari bo‘ldi ro‘yob

Qad tiklagan imoratlar xashamatli saroy misli

Jannatmakon bu zaminda nafas olgan elim baxtli

Amallari, so‘zlari qoldi meros yurtboshimning

Porloq xotirasi doim qalbimizda elboshimning.

Buyuk yuksalishlar aro  yashab kelmoqdamiz biz

Ozod va obod vatanni qurib kelmoqdamiz biz

Farovon turmush tarzini yaratishga imkonlar mo‘l

Bahra olgin zamondoshim atrofga boq, shukrli bo‘l

Amallari, so‘zlari qoldi meros yurtboshimning

Porloq xotirasi doim qalbimizda elboshimning.

Barkamol avlod orzusi ushalmoqda ayni  kun

YOshlar ezgu maqsad sari g‘ayrat solar tunu-kun

Erishilgan yutuqlardan bo‘ldi dunyo hayron, lol

YUrtboshim, otajonim mana siz kutgan istiqbol.

Amallari, so‘zlari qoldi meros yurtboshimning

Porloq xotirasi doim qalbimizda elboshimning.

Bandalik asli me’ros butun bir insoniyatga

Ayriliq o‘qi doim sanchilar bu qalblarga

Ammo, deysiz arshu a’lodan turib, ko‘tar boshing

Tetik bo‘l ,olg‘a qadam bosgin aziz eldoshim.

Amallari, so‘zlari qoldi meros yurtboshimning

Porloq xotirasi doim qalbimizda elboshimning.


 

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filiali “Ijtimoiy- gumanitar fanlar” kafedrasi

katta o‘qituvchisi Xudoyqulova Nargiz Abdullaevna.

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.