Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida “Talabalikka bag’ishlov qasamyodi – 2017” tadbiri bo’lib o’tdi

Istiqlolimizning 26 yilligi arafasida jonajon Vatanimiz, tinch va osoyishta kunlarimiz qadr-qimmatini ifoda etuvchi musiqiy

kechalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilayotganligi har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlamoqda.      

Ushbu shior ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarning uzluksiz davomi sifatida 2017 yilning 8 sentyabr sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 1-bosqich talabalarining «Talabalikka bag‘ishlov Qasamyodi» qabul qilishga bag‘ishlangan tadbiri o‘tkazildi hamda ularga shifokorlik timsoli sifatida oq xalat kiydirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

Tadbirda viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi  vakillari, filial professor-o‘qituvchilari, talabalari  hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok qilishdi.

Mustaqillik sharofati bilan qadimiy va navqiron Xorazmda ham vatanimizning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi juda katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, vohamiz qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Shahrimiz hududi katta qurilish maydoniga aylantirilgan. Qolaversa, filialimiz talabalarining yangi, shinam, zamonaviy ko‘rinishdagi binoda o‘qishlari, albatta hammamiz uchun quvonarli. Bu orqali davlatimizning yoshlarga yaratib berayotgan sharoitlari va imkoniyatlari naqadar yuksak ekanligiga guvoh bo‘lamiz.

Mana shunday muhtasham binoda o‘qiyotgan yoshlar ham hukumatimizningyosh avlodga yaratib berayotgan  imkoniyatlardan foydalanib, test sinovlarining adolatli va haqqoniy o‘tkazilishi natijasida TALABA degan buyuk va sharafli nomga musharraf bo‘ldilar.

Ota-onasi va ustoz murabbiylarini quvonchga to‘ldirigan o‘g‘il-qizlarni «Talabalikka bag‘ishlov qasamyodi» marosimi ham istiqlol bahsh etgan ezgu haqiqat va ajdodlarimiz armonlarini ro‘yobga chiqaradigan bugunning a’nanalaridir.

Shunday ekan, talabalarimizga o‘qish va izlanishlarida omadlar tilaymiz. Zero, Vatanimizning porloq kelajagi yoshlar bilan!



TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.