Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida 2017 yil 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov mamlakatimizni dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga ko‘tarish, xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirish, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishdagi buyuk maqsadni amalga oshirish, ularning ma’no-mazmunini va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish, yuksak ma’naviyatli, qat’iy e’tiqodi va mustaqil fikrga ega bo‘lgan, milliy g‘oya ruhida tarbiyalangan barkamol avlodni shakllantirishda juda muhim rol o‘ynaydi.

Mamlakatimizdagi barcha ta’lim maskanlarida 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan «Xotira darslari» bo‘lib o‘tdi.

TTA Urganch filialida ham Islom Karimovning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida2017 yilning 2 sentyabr sanasida Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda ulug‘ rahbarimizning porloq xotirasiga bag‘ishlangan «Xotira darslari» tashkil qilindi.

Jumladan, filialning konferensiyalar zalida 1-bosqich talabalari va filial professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan “Xotira darsi”da Xorazm viloyati  hokimligi Ijtimoiy soha va yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha Kotibiyat mudiri Sh.Q.Yaxshiboev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan qatnashdi.

“Xotira darsi”ni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Yu.Ruzibaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqi avvalida talabalik baxti muyassar bo‘lgan 1-bosqich talabalarini tabriklab o‘tdi.  “Xotira darsi”da o‘qilgan ma’ruzalarda mamlakatimiz o‘z mustaqilligining 26 yili davomida dunyoda o‘z nomi, o‘rni va maqomiga ega bo‘lganligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi va ulug‘ davlat arbobimizning Vatan ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida tashkil etilgan mazkur darslarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod kamoloti yo‘lida muntazam g‘amxo‘rlik ko‘rsatganini butun jahon jamoatchiligi e’tirof etayotganligi, yurtboshimizning xotirasini aziz va muqaddas bilish, istiqlol yillarida mamlakatimizda navqiron avlodning porloq kelajagi yo‘lida yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni qadrlashga o‘rgatish, yoshlar qalbidagi Vatanga muhabbat, yurtparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash keng jamoatchilik, ta’lim fidoyilari, ota-onalar zimmasidagi eng mas’uliyatli vazifa ekanligini ta’kidlab o‘tildi.

“Xotira darsi” so‘ngida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi.

Filmda Islom Karimovning hayoti, buyuk madaniyat va tarixga ega bo‘lgan xalqni hurlikka etaklagan davrlari, mamlakat tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari, O‘zbekistonni uzoq yillik istibdoddan keyin mustaqil va o‘zini tiklab olgan davlatga aylantirish yo‘lidagi qadamlari aks ettirilgan.

«Xotira darslari» filialning barcha akademik guruhlarida ham bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzalarni o‘qish uchun yuqori malakali va ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, o‘quv dasturida qo‘yilgan masalalarni chuqur va atroflicha tahlil eta oladigan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan dars beruvchi professor-o‘qituvchilar tarkibi shakillantirildi.

“Xotira darslari” mashg‘ulotlarini olib boruvchi  professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi va ular zaruriy o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlandi.

“Xotira darslari” mashg‘ulotlari o‘tadigan o‘quv xonalari o‘qitishning texnik jihozlari va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari bilan talab darajasida ta’minlandi.

Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan tayyorlangan materiallar, ya’ni ma’ruza, taqdimot materiallari va videorolik barcha kafedralarga etkazildi.

Yurtga fidoyilik, vatanparvarlik, odamiylik, ibrat saboqlariga aylangan ushbu darslarda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining porloq xotirasi barcha o‘g‘il-qizlarning yodida mangu saqlanib qolishi, ular Vatanimizni, mustaqilligimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashi, tinch va osoyishta kunlarning qadriga etishi, yurtimizdagi hamjihatlik muhitini mustahkamlashi – bu barcha yurtdoshlarimiz kabi yoshlarning ham burchi ekani alohida ta’kidlandi.

                                                               TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.