Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Qurbon hayitini munosib nishonlash chora-tadbirlarining ijrosi yuzasidan TTA Urganch filialida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Bu yil O‘zbekistonda 1 sentyabr qo‘shaloq bayram: ushbu yil Qurbon hayitining birinchi kuni ham - 1 sentyabr juma kuniga to‘g‘ri keldi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 3241-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 avgustdagi “Qurbon hayitini munosib nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi (26.08.2017y.,07/1-2110) yig‘ilish bayoni hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 29 avgust  №87-82-2808-sonli xatiijrosi yuzasidan TTA Urganch filialida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlash, tinch-osoyishta va ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga qaratilgan chora tadbirlar ijrosi yuzasidan  ishchi guruh tashkil etilib, ichki buyruq va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va hamkor idoralar bilan birgalikda bayram arafasida etim, nogiron, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar farzandi bo‘lgan talabalar, boquvchisini yo‘qotgan keksalar, mehnat faxriylari holidan xabar olish tashkil qilindi.

Qurbon hayit bayrami munosabati bilan joriy yilning 30-31 avgust kunlari TTA Urganch filiali o‘qituvchilari hamda talabalari filial xududidagi ko‘chalar, yo‘laklar va ariqlarni tozalash va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.