Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

G‘oliblik muborak “Ko‘zmunchoq”!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi  hamkorlikdagi  “Oliy ta’lim muassasalari Talabalar teatr studiyalari festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2017 yil 11 aprel № 19-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shu yilning 13 may sanasida TTA Urganch filiali binosida Xorazm viloyatidagi oliygohlari o‘rtasida festivalning 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Urganch davlat universitetining “Ziyo”  talabalar teatr studiyasi jamoasi  “Tikandagi  gul”, TTA Urganch filialining “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasi jamoasi  “Qorachiq”, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining “Ko‘zgu” talabalar teatr studiyasi jamoasining “Hayot saboqlari” nomli spektakllari namoyish qilindi.

Xorazm viloyat musiqali drama teatrining respublikamizda taniqli bo‘lgan aktyorlari hamda “Kamolot” YoIH Xorazm viloyat Kengashi vakillaridan iborat Hakamlar hay’ati esa Talabalar teatr studiyalari tomonidan  tanlangan asarlarning badiiy-g‘oyaviy talqini va echimi, sahna bezagi, musiqiy ifodasi, havaskor ijrochi aktyorlarning mahorat darajalarini odilona baholashdi.

Bir-biridan qiziqarli va jonli ijro etilgan spektakllar mazmun-mohiyati va mohirona ijrosiga ko‘ra “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasini TTA Urganch filialining “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasi jamoasi  festival g‘olibi deb topildi hamda festivalning 3-bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi .

Shuningdek, festival doirasida “Dolzarb mavzuning talqini uchun”, “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun”, “Eng yaxshi erkak roli uchun”, “Eng chxshi ayol roli uchun” hamda “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari”  nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, g‘oliblarga “Kamolot” YoIH Xorazm viloyat Kengashining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday festivallarning o‘tkazilishi o‘z navbatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlarda yoshlarning nafaqat faol ishtirokini ta’minlaydi, balki yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrli talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalab, ma’naviy kamolotga etaklaydi.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.