Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasi Tuproqqal’ada o‘tkazilgan “Yоshlar xaftaligi” da faol ishtirok etishdi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining tegishli bandlari ijrosini  ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati hokimligi,  “Kamolot” YOIH  viloyat  Kengashi, TTA Urganch filiali, Urganch davlat universiteti hamkorlikda  joriy yilning 3-5 may kunlari Xorazm viloyatining eng chekka hududi  Tuproqqal’a massivida “Yоshlar haftaligi” o‘tkazildi.   

Xaftalik doirasida TTA Urganch filiali “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasining 13 nafar iqtidorli yoshlari  faol ishtirok etdilar. Talabalar teatr studiyasi Tuproqqal’a aholisi va yoshlariga “Qismat” deb nomlangan sahna asarini namoyish qildilar. Shuningdek,  tadbirlar davomida “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasi  jamoasi  turli millat kuy-qo‘shiqlariga raqslar ijro etishdi.

  

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni O‘zbekiston madaniyati va san’atiga muxabbat ruhida tarbiyalash, ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, millatlararo totuvlikni ta’minlash yoshlarni turli yot g‘oyalarga qarshi kurashishlarida ma’nan va ruhan qo‘llab quvvatlashdan iborat. 3500 dan ortiq aholisiga ega Tuproqqal’a massivida o‘tkazilgan tadbirlarda qishloq aholisi “Ko‘zmunchoq” talabalar teatr studiyasining chiqishlarini olqishlar bilan kutib olishdi. 

TTA Urganch filiali

Davolash fakulteti ma’naviy-ma’rifiy

ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.N.Jumaniyazov

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

[Tel]: +99862 224 84 84 [Email]: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.