Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

E’tibor va e’zoz

Xotira bor ekan, tirikdir millat,

Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.

Xotira — elni xalq etguvchi  qudrat,

Xotira — ertani  yoritguvchi  nur.

Xurshid Davron

Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘!  9 may mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanib kelinayotgani o‘tganlarni xotirlash, keksa avlod vakillariga, Ikkinchi jahon urushi faxriylariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

TTA Urganch filialining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 apreldagi  №87-03-1003-sonli xati ijrosi yuzasidan  2017 yilning 5 may kuni “E’tibor va e’zoz” mavzusida qahramonlik, burch va fidoyilikka undovchi uchrashuv tadbiri o‘tkazilib, unda viloyatimizda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari, baynalminal jangchi faxriylar, filial professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda OAV xodimlari ishtirok qilishdi.

Faxriylar bilan yoshlar o‘rtasidagi uchrashuvlar mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikni, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Faxriylar o‘z hayoti va o‘tgan mashaqqatli kunlardan misollar keltirib, yoshlarga bugungi tinch-osuda hayotimizning qadriga etish hamda uni himoya qilish zarurligini ta’kidlashmoqda. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2865-sonli Qarori, 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi PF-5000-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 08/1-654-sonli topshiriq xati va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 7 apreldagi №197-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xolidan xabar olish, moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatish maqsadida kafedralar kesimida viloyatimizda istiqomat qiluvchi faxriylar xonadonlariga tashriflaramalga oshirilmoqda.

 

               

Shu ma’noda, nishonlanayotgan 9 may - Xotira va qadrlash kuni marosimining ma’no-mazmuni, ya’ni o‘tganlarni eslash, hayot bo‘lganlarni qadrlash, Vatanni himoya qilish, uni daxlsiz saqlash kabi olijanob fazilatlarni yosh avlodimizning ongu tafakkuriga singdirish, ota-bobolarimizning jasoratidan ibrat olib, mana shu musaffo osmonni, ona-yurtimizni asrash e’tiqodi bilan yashash, hech shubhasiz, bugungi va ertangi hayotimiz uchun juda katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi bizning kuchimizga kuch, qudratimizga qudrat qo‘shishi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlashi tabiiydir.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

TTA Urganch Filiali

YANGILIKLAR                                                                              FILIAL HAQIDA                                                                                    ALOQA

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100, O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy                     Tel: +99862 224 84 84 Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82                                                                      Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700                                      Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.