Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida “Jaholatga qarshi-ma’rifat” mavzusida bo‘lib o‘tgan profilaktik tadbir

Bugun dunyodagi hech bir mamlakat diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm bilan bog‘liq tahdiddan, xavf-xatardan xoli emas. Jamiyatda fuqarolarning tanlagan tinchlik yo‘lida  ishonch mustahkam bo‘lsa, buz­g‘unchi kuchlar, buzg‘unchi g‘oyalar bu qo‘rg‘ondan yorib o‘tolmaydi.

O‘zbekistonda haftaning har payshanba kuni jinoyatchilikni oldini olish va profilaktika kuni deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilayapti. Ana shunday profilaktik tadbirlar doirasida 2017 yil 4 may kuni TTA Urganch filialida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda talaba yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik, “ommaviy madaniyat”, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan “Jaholatga qarshi-ma’rifat” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan  mazkur tadbirda Xorazm viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari, shuningdek, Urganch shahar “Miskin bobo” masjidi imom-hotibi Q.Masharipovlar o‘z  ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirda asosiy maqsad bugun dunyoda kechayotgan turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar, to‘qnashuv va qon to‘kishlar, nizo va adovatlar zamirida nima yotganini mulohaza qilib ko‘rishga undab, yurtimizdagi tinchlik, oso­yishtalik qadriga etishda yoshlarimiz o‘zlarining bilim va ma’rifatlari, qolaversa, go‘zal ma’naviy dunyoqarashlari bilan javob berishlari haqiqiy vatanparvarliklarini namoyon qilishlarida muhim ekanligini tushuntirishga qaratildi.

Jonli muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda yoshlar o‘zlarining mavzuga doir qiziqtirgan  savollariga batafsil javob oldilar.

TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

[Tel]: +99862 224 84 84 [Email]: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.