Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Vatan ulug‘, burchim-muqaddas!

 

Mustaqillik yillarida yurtimizda hech kimdan kam bo‘lmagan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar o‘zining yorqin samaralarini bermoqda. Bugun Vatan himoyasi safiga istiqlol yillarida voyaga etgan , mamlakatimizdagi eng zamonaviy ta’lim muassasalarida tahsil olgan yigitlar kirib kelmoqda.

2017 yilning 5 yanvar sanasida mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana – 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25  yilligi munosabati bilan TTA Urganch filiali Ma’naviyat-ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi, “Kamolot” YOIH BT hamda filial iqtidorli talabalaridan tashkil topgan  guruh a’zolari vatan himoyachilarini samimiy muborakbod etish maqsadida Xorazm viloyatida joylashgan harbiy qismlarning biriga tashrif buyurishdi.

Tadbir doirasida filial xodimlari va iqtidorli talabalari tomonidan bildirilgan  tilaklar, vatanparvarlik ruhidagi she’r va dramatik asarlardan parchalar harbiy xizmatchilar tomonidan iliq kutib olindi.           

TTA Urganch filiali Ma’naviyat-ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i J.N.Jumaniyazov harbiylarni bayram bilan qutlar ekan, Vatanimiz va xalqimizga sadoqatli, mamlakatimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalarni samarali ado etayotgan, fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo‘lgan harbiylarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Uchrashuv tadbirida, ayniqsa,“Quvnoqlar va zukkolar” Respublika  ko‘rik-tanlovi  qatnashchilari, TTA Urganch filiali “Akademiya” jamoasi a’zolari Tangirov Tangribergan hamda Yuldashev Bekpo‘latlarning hajviy tabriklari tadbirni yuqori kayfiyatda o‘tishiga hissa qo‘shdi.

Aytish joizki, yoshlarimizning ma’naviy fazilatlari ham teran mohiyat kasb etgan. Qay biri bilan suhbatlashmang , kelajakda Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissamni qo‘shsam deydi. Aql-zakovati , mardligi, jasorati, bunyodkorlik salohiyati ila jahonda shuhrat qozongan buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishga intiladi. O‘z fikriga, maqsadiga ega ana shunday vatanparvar yoshlarimizning borligi bizning baxtimizdir.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

TTA Urganch Filiali

BIZNING MANZIL

Urganch shahri Al-Xorazmiy 28

  • Тel: +99(862) 224 84 84

Ishonch telefoni

  • Тel: +99(862) 224 83 82

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700 

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.