Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
TTA Urganch filialida 2016 yilning 30 dekabrida Kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi
- Detallar
- Yangiliklar va e'lonlar kategoriyasi
- Sanasi: 03 YANVAR 2017
- 1432 marta ko'rildi:
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016 yil 9 fevralidagi PQ-2487-son Qarori asosida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi qabul qilindi. Shu Davlat dasturi doirasida TTA Urganch filialida ham 7 ta bo‘lim, 13 ta banddan iborat “Sog‘lom ona va bola yili” Dasturi tasdiqlangan.
Shu yilning 30-dekabr sanasida TTA Urganch filialida bo‘lib o‘tgan filial Kengashining Davlat dasturining bajarilishi yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda TTA Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari K.R.Yаkubovning “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining filial miqyosida bajarilishi bo‘yicha hisoboti tinglandi. Hisobotda Davlat dasturi doirasida filial tomonidan amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratildi. Xususan, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida filial tomonidan chet el malakali professorlari ishtirokidagi 2 ta Xalqaro tadbir, 50 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda ushbu tadbirlarning respublika va mahalliy ommaviy-axborot vositalarida, oliy ta’lim internet portali va filialning veb-saytida keng yoritilganligiga alohida urg‘u berilib, ma’lumotlar taqdimot shaklida yig‘ilish qatnashchilari e’tiboriga havola qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda 2017 yil mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan filialning Oliy ta’lim vazirligiga va Xorazm viloyat hokimligiga shu Davlat dasturi doirasidagi takliflari bildirildi.