Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida Erkin Vohidovning 80 yilligi tavalludi keng nishonlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida taniqli o'zbek shoiri, jamoat va davlat arbobi Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag'oshlangan adabiy kecha bo'lib o'tdi. Kechani filial ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari K.R.Yakubov tabrik so'zi bilan ochdi. Tadbirda "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchilari, ma'naviyat va ma'rigat bo'limi, ARM xodimlari hamda talabalar ishtirok etishdi. O'zbek tili o'qituvchisi N.M.Xadjieva tomonidan tayyorlangan ssenariy asosida talabalar E.Vohidov xayoti va ijodi to'g'risida taqdimot bilan tanishtirdilar. Shoirning g'azallaridan, she'rlaridan, dostonlaridan parchalar aytdilar. Talabalar "Donishqishloq hangomalari" ruknidan "Matmusaning sarguzashtlari" ni ifodali o'qib berganlari, ayniqsa qiziqarli bo'lib, adabiy kechaga jon kiritdi. Tadbirda ishtirokchilar ham E.Vohidov ijodidan namunalar aytishdi.

Adabiy kecha so'ngida "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri v.b. A.SH.Atadjanova so'zga chiqib, tadbir tashkilotchilari N.M.Xadjievaga va boshqa o'qituvchilarga hamda ishtirokchi talabalarga chuqur minnatdorchilik bildirdi va estalik sovg'alar topshirdi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

[Tel]: +99862 224 84 84 [Email]: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.