Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Yurtimizning iqtidorli yosh siyosatchilari

Abu Ali ibn Sino, Bahovuddin Naqshband, Al-Buхoriy, G’ijduvoniy singari buyuk allomalarning munosib vorislari o'laroq yurt ishonchini oqlab, ilmu tafakkuri ila yuksak e'tiroflarga sazovor bo'layotgan yoshlarimiz orasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali taabalari ham bor. Ana shunday iqtidor egasi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining davolash yo'nalishi bo'yicha 3-bosqich  talabasi Elnurbek Karimov bo'ladi. U 2016 yilning 15-17 dekabr kunlarida Toshkent shahrida O'zХDP tomonidan har yili an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan “Yosh siyosatchi” ko'rik tanlovining respublika bosqichida fahrli 3-o'rin sohibi bo'ldi. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubхona binosida bo'lib o'tgan bu ko'rik tanlovda yosh siyosatchilar uch yo'nalishda, ya'ni loyiha taqdimoti, siyosiy bilimlar va notiqlik san'atlari bo'yicha bahslahsihsdi. Bu ko'rik tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning siyosiy, huquqiy bilimini oshirish, qolaversa kuchli fuqarolik jamiyatida ularning o'z qat'iy pozitsiyasiga ega bo'lishlarida maktab vazifasini o'tab kelmoqda.

Elnurbekni g’alaba bilan qutlab, uning ko'rik-tanlov taassurotlari bilan o'rtoqlashganimizda, u qat’iyat bilan “Men nafaqat o'zimda, balki bo'lib o'tgan ko'rik tanlovning har bir ishtirokchisida yurtimiz kelajagiga bo'lgan ishonch va fahr tuyg’ularini ko'rdim va his qildim”,- deya ta'kidladi.

Haqiqatan ham jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirish va, umuman huquqiy bilimlar targ’ibotini yanada kuchaytirishda ana shunday ko'rik-tanlovlarning o'tkazilib turilishi yahshi samaralar beradi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.