Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Samimiyatga yo’g’rilgan uchrashuv!

2018 yil 13 iyun sanasida Xorazm viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi Farhod O’razbayevich Ermanov va viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Salaev San’atbek Kamilovich tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari  hamda Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari ishtirokida Xorazm voxasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda UrDU rektori, professor B.I.Abdullayev, TTA Urganch filiali direktori, professor R.Yu.Ruzibayev hamda TATU Urganch filiali direktori U.A.Hayitmetovlar so’zga chiqib, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan  o’z fikr – mulohazalarini bildirdilar.

Shundan so’ng professor – o’qituvchilar hamda olimlarning takliflari eshitildi. Yig’ilish mobaynida Xorazm miqyosida sanoat ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish bo’yicha texnoparklar tashkil etish taklifi bildirildi. Bu maskanda ishlab chiqarish yo’nalishida yangilik va ixtirolar qilinishi, sohani rivojlantirish yo’lida mavjud imkoniyatlardan to’laligicha foydalanish, shu yo’nalishda mutaxassislar sonini yanada ko’paytirish lozimligi e’tirof etildi.

Bundan tashqari, TTA Urganch filiali direktori o’z nutqida, taklif va tavsiyalarini qayd etdilar. Hozirgi kunda rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilish arafasida turgan TTA Urganch filiali klinikasiga davolash, diagnostika bo’yicha zamonaviy asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta’minlash, Xorazm Ma’mun akademiyasida tibbiyot yo’nalishini tashkil qilish, TTA Urganch filiali bosh binosini qayta rekonstruksiyadan keyin filial balansiga qabul qilb olish, uzoq yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarni Davlat mukofotlari bilan taqdirlash kabi takliflarni bildirdilar. Yig’ilishda nafaqat ishlab chiqarish yo’nalishida, balki ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha ham mavjud muammo va kamchiliklar eshitildi.

Yig’ilish yakunida F.O’.Ermanov yurtimiz kelajagi, vatanimiz ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan olimlarga hamma sohalarda Respublika hamda dunyo miqyosida yetakchi o’rinlarni egallashda o’zlarining bilim va mahoratlarini ayamasdan sidqidildan faoliyat yuritishlariga kattadan – katta zafarlar tiladi.

Koreyalik olimlar Xorazmda!

Joriy yilning  9 iyun  sanasida TTA Urganch  filialiga Koreyaning malakali tibbiyot xodimlari – professor Kee Hyoung Lee, professor Kee Hong Sik Lee, professor June Young Lee, professor Woo Kyoung Kim, professor Choi Jae Wook, Lim Jin WooMee Yeun Choi, Dong Wook Kim va professor Kim Kyung Heelar tashrif  buyurishdi. Ushbu mehmonlar ishtirokida seminar tashkil qilindi. Unda filial  professor-o’qituvchilari, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari bilan o’quv va ilmiy mavzularda yaqindan muloqotda bo’ldilar.

Uchrashuv ishtirokchilari sohaga oid yangiliklar bilan tanishdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tashrif yakunida mehmonlar qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahrida bo’ldilar.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.