UZ   РУ   EN |

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

UMUMIY JARROXLIK, TRAVMATOLOGIYA VA ORTOPEDIYA KAFEDRASI

 

 

Ro’zmatov Palvannazar Yuldashevich

Kafedra mudiri,t.f.n dotsent

 

 

Umumiy xirurgiya kafedrasi 1992 yil 15 sentyabrda tashkil topgan. Kafedra mudiri qilib t.f.d., professor B.R. Bobojonov tayinlandi. Professor B.R. Bobojonov kafedraga 1993-2009 yillar raxbarlik qildi. Kafedrada 1993 yil fevral oyidan boshlab Xirurgik bemorlar parvarishi fani bo’yicha mashg’ulotlar olib borila boshladi. Kafedrada birinchi assistent bo’lib tibbiyot fanlari nomzodlari B.N.Kuryazov va B.R.Xusainovlar faoliyat ko’rsatishganlar.

t.f.n. B.N.Kuryazov kafedrada 1993 yildan assistent, 1994 yildan 2009 yilgacha dotsent lavozimida faoliyat ko’rsatgan, 2009 yildan xozirgacha kafedra mudiri (t.f.d., professor) lavozimida ishlab kelmoqda.

1993-1994 o’quv yilidan boshlab kafedrada Umumiy xirurgiya fanidan xam mashg’ulotlar olib borildi. Mashg’ulotlarni assistentlar tibbiyot fanlari nomzodlari B.N.Quryazov, B.R.Xusainov, Q.B.Bobojonov va tibbiyot fanlari doktori, dotsent K.J.Jabborovlar olib borishdi.

1994-1995 o’quv yilida t.f.n. dotsent B.N.Kuryazovdan tashqari kafedrada assistent bo’lib O.T.Xolniyazov, I.O.Sultanovlar ishladi. 1995-1996 yillarda assistent lavozimida D.A.Sapaev, U.E.Xo’jaev, I.O.Sultonov, O.T.Xolniyazovlar ishlagan.

1995 yilda xirurgik bemorlarni parvarishlash fanidan mashg’ulotlarni A.R.Bobojonov, R.R.Nurullaev, U.E.Xo’jaevlar olib borishdi.

1996-1998 o’quv yillarda kafedraga onkologiya, rentgen – radiologiya qursi berkitilgan. Kurs raxbarligini t.f.d. T.Q.Xudaykulov boshqargan, shu vaqtda kursda t.f.n., dotsent I.M.Egamov, t.f.n. S.I.Palvanova, K.R.Raximova, Z.Xo’jaboevlar ishlagan.

1995 yildan xozirgacha kafedraga travmatologiya-ortopediya, xarbiy dala jarrohligi va asab jarrohligi kursi berkitildi. Kurs mudiri bo’lib t.f.n. Yuldoshev Q.Y. ishlagan. Assistent bo’lib t.f.n. R.N.Nazarov, Q.O.Boboev, E.A.Ismoilov, N.S.Allanazarovlar ishlaganlar. 1997-2002 yillarda kurs mudiri vazifasini t.f.n. dotsent K.X.Davletov bajardi. 2002-2003 yillarda kurs mudirligini N.S.Allanazarov bajargan. 2004-2014 yillarda kursga dotsent K.X.Davletov raxbarlik qilgan.

1995 yil 1 iyulda Urganch Davlat Universiteti qoshida “Tibbiyot markazi” tashkil topdi. 1995-1998 yillarda kafedra UrDU tarkibida faoliyat ko’rsatdi.

1998 yilda I-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti Urganch filiali tashkil qilindi. 2005 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga aylantirildi.

1999 o’quv yilidan boshlab kafedraga gospital xirurgiya kursi berkitildi. Gospital jarroxlik kursida 4-5-6-7- kurs talabalariga gospital jarrohlik, urologiya, anesteziologiya va reanimatsiya, onkologiya fanlaridan dars berildi. 2002 yildan gospital jarrohlik kursi alohida kafedra xolida ajralib chiqdi.

Kafedrada 1994 yildan boshlab t.f.d.,professor B.R.Bobojonov ilmiy raxbarligida aspirantura tashkil qilindi. 1994-1997 yillarda aspirant M.U.Sabirova, 1996-1999 yillarda F.R.Yakubov, 1997-2000 yillarda esa O.B. Tojiboevlar aspiranturani tamomladilar. SHundan M.U.Sobirova 2000 yilda «Polilazernoe obluchenie v kompleksnom lechenii diabeticheskoy stopы» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini va F.R.Yakubov 2001 yilda «Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo’shliqni yo’qotish usullarini qiyoslab baxolash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qildilar. O.B.Tojiboev 2006 yilda «Gigantkie yazvы jeludka (osobennosti tipologii i vыbor sposoba xirurgicheskogo lecheniya)» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qilib, 2009-2015 yillarda kafedra dotsenti lavozimida faoliyat ko’rsatdi.

Kafedra xodimlaridan A.R.Eshchanov 1991 yilda «Lazernaya xirurgiya exinokokkoza pecheni», A.M.Masharipov 1993 yilda «Izыskanie naibolee effektivnogo metoda podgotovki ojogovыx ran k autodermoplastike», R.Nazarov 1995 yilda «Vыbor kompleksnogo metoda lecheniya obojjennыx v uslovyax Priaralya», I.O.Sultanov 1996 yilda «Kompleksnoe lechenie troficheskix yazv i dlitelno nezajivayuщix ran lazernыm izlucheniem i polifermentnыmi ranevыmi pokrыtiyami», A.R.Babadjanov 2004 yilda «Sindrom privodyaщiy petli (diagnostika, tipologicheskie osobennosti i xirurgicheskogo lecheniya)», O.R.Otajonov 2005 yilda «Immunogeneticheskie i immunologicheskie osobennosti pielonefrita v regione YUjnogo Priaralya», B.S.Eshchanov 2006 yilda «Differinsirovannыy podxod i taktika xirurgicheskogo lecheniya bolnыx s oslojnennыmi vыvixami sheynыx pozvonkov», I.A.Yusupova 2006 yilda Xirurgicheskiy metod lecheniya posttravmaticheskoy koksigodinii», A.O.O’razbaev 2010 yilda «Optimizatsiya podxodov k antibakterialnomu xirurgicheskomu lecheniyu oslojnennыx form tuberkulyoznogo spondilita» mavzularida ilmiy izlanishlar olib borib nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qilishdi.

Dotsent B.N.Kuryazov va dots. K.X.Davletovlar doktorlik ilmiy ishi yuzasidan ilmiy izlanish olib borishdi. B.N.Kuryazov 2008 yili doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qildi va fan doktori ilmiy darajasini oldi. 2009 yili professor unvoniga ega bo’ldi.

Xozirgi kunda B.K.Bakiev «Diagnostika i lechenie povrejdeniy lateralnogo meniska kolennogo sustava s entezopatiey suxojiliya podkolennoy mыshsы u sportsmenov» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanishlar olib bormoqda.

1994 yildan beri kafedrada bazasida klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha xam ishlar olib borilmoqda va kafedrada xirurgiya, travmatologiya va ortopediya, anesteziologiya va reanimatsiya, urologiya yo’nalishlari bo’yicha amaliy tibbiyotga mutaxassislar tayyorlab berilmoqda. Kafedrada talabalar ilmiy jamiyati ham faoliyat ko’rsatmoqda, jamiyatda talabalar xirurgiya yo’nalishi bo’yicha professor B.N.Kuryazov, urologiya yo’nalishi bo’yicha dotsent O.R.Otojonov, travmatologiya va ortopediya yo’nalishi bo’yicha t.f.n. I.A.Yusupovalar rahbarligida jarrohlik yo’nalishi bo’yicha dolzarb mavzularda izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedra professor-o’qituvchilari raxbarligida talabalar doimiy ravishda ilmiy konferentsiyalarda ishtirok etib yuqori o’rinlarni egallab kelmoqdalar.

Xozirda umumiy jarrohlik, travmatologiya va ortopediya kafedrasini professor B.N.Kuryazov rahbarligidagi dotsent O.R.Otojonov, katta o’qituvchilar t.f.n. B.R.Otaxonov, E.A.Ismoilov, B.A.Ruzmetov, assistentlar t.f.n. I.A.Yusupova, t.f.n. A.R.Babadjanov, t.f.n. R.Nazarov, B.K.Bakiev, M.B.Bobojonov, D.Q.Navro’zov, M.I.Allaberganov, D.SH.Sapaevlar kabi ilmiy va amaliy potentsialga ega kollektiv tashkil etadi.

Xozirgi kunda kafedrada davolash, pediatriya fakulteti, tibbiy pedagogika va oliy xamshiralik ishi yo’nalishi talabalariga shifokor va bemor, umumiy jarrohlik, travmatologiya va ortopediya, XDJ, xalokat tibbiyoti, bolalar travmatologiyasi, travmatologik kasalliklar, urologiya kabi fanlardan ta’lim berilmoqda.

MANZIL:

TTA Urganch filiali Umumiy jarrohlik, travmatologiya va ortpediya kafedrasi Xorazm Viloyat Ko’p Tarmoqli Tibbiyot Markazi bazasida Abdominal xirurgiya, travmatologiya va ortopediya bo’limlarida joylashgan (Urganch shaxri Y.Bobojonov 2 tor ko’cha 1uy, tel: 228-10-09). Fuqarolarni qabul qilish vaqti xar kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha.

Ro’zmatov Palvannazar Yuldashevich tibbiyot fanlar nomzodi, «Umumiy jarrohlik, travmatologiya va ortopediya» kafedrasi mudiri. 1968 yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug’ilgan. 1993 yil Samarqand davlat tibbiy institutini tugatgan. 2001 yilda «Sovershenstvovaniya diagnosticheskix i lechebnix meropriyatiy pri peritonitax Akusher – ginekologicheskoy e’tiologii» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1994 – 2000 yillarda «Fakultet xirurgiya» kafedrasida assistent lavozimida, 2000 – 2004 yillarda RSHTYoIM Xorazm viloyiti Amaliyot bo’limi mudiri, 2004 – 2017 yillarda Xorazm viloyat IIB tibbiyot bo’limi go’spital va poliklinika boshlig’i lavozimlarida ishlagan, zaxiradagi mayor. 2017 yil 1 - noyabrdan buyon kafedra mudiri lavozimida islab kelmoqda. 20 dan ortiq ilmiy ishlar va o’quv – uslubiy ishlar muallifi.


 

Kuryazov Baxtiyor Nunyazovich tibbiyot fanlar doktori, Umumiy jarrohlik, travmatologiya va ortopediya kafedrasi dotsenti. 1958 yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 1982 yil Toshkent Davlat tibbiyot institutini tugatgan. 1991 yilda «Profilaktika i lechenie gnoyno-septicheskix oslojneniy ostrogo appenditsita kriokonservirovannыmi krovetvornыmi kletkami» mavzusida nomzodlik, 2008yilda «Immunogeneticheskoe prognozirovanie raka jeludochnogo kishechnogo trakta u jiteley Xorezma» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan.

Kafedrada 1993 yilda kafedra assistenti, 1994-2009 yillarda kafedra dotsenti lavozimlarida ishlagan. 2009 yildan 2017 yil noyabr oyigacha kafedra mudiri lavozimida ishlagan. SHu bilan birga VKTTM abdominal xirurgiya bo‘limi mudiri, Viloyat xirurglar ilmiy jamiyati raisi vazifalarini xam bajarib kelmoqda. Oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi xirurgiyasi, exinokokkoz kasalligi, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklari xirurgiyasi, oshqozon-ichak tizimi va o‘t yo‘llari kasalliklarida rekonstruktiv operatsiyalar, qorin devori churralarida plastik va rekonstruktiv operatsiyalari muammolari bilan shug‘ullanadi. 110 dan ortiq ilmiy ishlar, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy ishlar, 3ta monografiya muallifi.


Ruzmetov Baxtiyar Abdiraximovich Umumiy jarroxlik, travmatologiya va ortopediya  kafedrasi  katta o‘qituvchisi 1974 yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand Davlat tibbiyot institutini tugatgan. Kafedrada 1998-2015 yillarda assistent, 2015yildan buyon katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar muallifi.


Otajonov Odilbek Rozzoqberganovich, 1968 yil 25 sentyabr kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumanida tug’ilgan. 1993 yil 1-ToshDavTI Urganch filiali Davolash fakultetini tamomlagan.  1993-1994 yillar davomida Urologiya mutaxasisligi bo’yicha internaturani tamomlagan. 2000-2006 yillar davomida assistant,  2006 yildan beri docent vazifasida ishlab kelmoqda. 

Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


 

Ollaberganov Mardon Ismoilovich 2006-yil TTA Urganch filiali davolash fakultetini tamomlagan 2006-2008- yillarda ,,Travmatologiya va ortapediya “ mutaxasisligi bo’yicha klinik ordinatorani tamomlagan . 2009-yil sentabr oyidan beri kafedrada asistent vazifasida ishlab kelmoqda.

Electron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


 Ismailov Ergash Abdullaevich

Assistant 

Tel 91 913 9191

Email


 Navruzov Dilshod Qodirovich

Assistant

Tel +99(898) 577-66-11

Email:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


 

Sapayev Duschan Shuxratovich, 1987 yil 26 fevral kuni Xorazm viloyati Urganch shaharda tug’ilgan. 2011 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Davolash fakultetini tamomlagan. 2011-2013 yillar davomida Umumiy jarrohlik mutaxasisligi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2015-yil yanvar oyidan beri kafedrada assistent vazifasida ishlab kelmoqda.

Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


 

Davletova Muqaddas Kuzievna 1970 – yil 10 – avgustda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug’ilgan. 1986 yilda  № 7 – sonli maktabni tamomlagan. 1992 yil Xorazm davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyot fakultetini tugatgan. 1993 – 2000 yillarda Urganch tibbiyot kollejeda o’qituvchi, 2005 – 2010 yillarda Viloyat axborot resurs markazida bo’lim mudiri bo’lib ishlagan. 2017 yildan buyon kabinet mudiri lavozimida islab kelmoqda.

 

 

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.