Filial haqida

TTA URGANCH FILIALI

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-son qarori va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1992- yil  20-martdagi 171-sonli buyrug’iga asosan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filialini Xorazm viloyati O’rta malakali tibbiyot xodimlari  malakasini oshirish bilim yurti bazasida tashkil etildi.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 31-mayda imzolagan Farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi qaroriga asosan filial Urganch Davlat universiteti tarkibiga tibbiyot markazi sifatida ikkita fakultet bilan o’tkazildi.

 

Respublika hukumatining 1998-yil 3-iyundagi 239-sonli qaroriga asosan UrDUning Tibbiyot markazi qaytadan mustaqil o’quv maskaniga aylantirildi.

 

Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali 1998-yil 3-iyunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qaroriga asosan tashkil topgan.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi (va uning Urganch  filiali) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi 178-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.

 

TTA Urganch filiali fakultetlari va kafedralari tuzilmasi:

- fakultetlar soni -  2;

- kafedralar soni   - 18.

 

Fakultetlar nomi.

 -Davolash

 -Pediatriya

 

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari.

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari soni - 5,

Davolash ishi yo’nalishi – 497 nafar (45,2%);

Pediatriya ishi yo’nalishi – 335  nafar (30,4%);

Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi – 42 nafar (3,8%);

Kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi) yo’nalishi – 103 nafar (9,3%);

Tibbiy profilaktika yo’nalishi – 122 nafar (11,1%);

 

Talabalar kontingenti.

Hozirgi kungacha jami: 1567 nafar, shundan bakalavriatda 1333 nafar (shu jumladan ayollar 409).

klinik ordinaturada 234 nafar (ayollar 95 nafar)

2018/2019 o’quv yilida ajratilgan kvotalar soni 240 ta, shundan:

Davolash ishi yo’nalishi –100 nafar (41,6%);

Pediatriya ishi yo’nalishi – 40 nafar (16,6%);

Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi –20 nafar (8,3%);

Kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi) yo’nalishi – 20 nafar (8,3%);

Tibbiy profilaktika yo’nalishi – 60 nafar (25,0%);

 

Qabul qilingan talabalar soni 249 nafar, shundan:

Davolash ishi yo’nalishi –106 nafar (42,5%);

Pediatriya ishi yo’nalishi – 41 nafar (16,4%);

Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi –20 nafar (8,0%);

Kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi) yo’nalishi – 22 nafar (8,8%);

Tibbiy profilaktika yo’nalishi – 60 nafar (24,0%);

 

Xorijiy fuqarolar 216 nafar,shundan:

Davolash ishi yo’nalishi –196 nafar (90,7%);

Pediatriya ishi yo’nalishi – 10 nafar (4,6%);

Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi – 0 nafar (0,0%);

Kasb ta’limi (tibbiy pedagogika ishi) yo’nalishi – 0 nafar (0,0%);

Tibbiy profilaktika yo’nalishi – 10 nafar (0,0%);

 

Professor-o’qituvchilar tarkibi.

Asosiy shtatda – 196 ta.

- 10  (5,1 %) fan doktorlari, professorlar;

- 33 (16,8 %) fan nomzodlari , dotsentlar;

- 153 (78.0 %) katta o’qituvchi va assistentlar.

 

TTA Urganch filiali moddiy-texnik bazasi.

Bosh binoning umumiy sig’imi1375 nafar talabaga mo’ljallangan,

jami 89 ta xona mavjud bo’lib, jumladan:   

o’quv auditoriyalari soni55 barcha auditoriyalarda elektron doskalarga ehtiyoj mavjud.

ma’ruza xonalari – 16– multimediyajihozlari bilan jihozlangan,

professor-o’qituvchilar xonasi6  

O’quv –yordamchi xonalar:

Laboratoriya xonalari 6 ta, (laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik 100 %).

lingafon sinflari 6 ta,

Kompyuter sinflari soni 2,  kompyuterlar soni 290 (1 kompyuterga 4 nafar talaba to’g’ri keladi), Internetga ulangan kompyuterlar soni 187

Talabalar turar joylari soni 1, o’rinlar soni 230har qavatda 2 tadan elektr pechkalariga ehtiyoj bor.

Talabalar uchun ovqatlanish majmualari: Oshxonalar soni 1 ta(200 ta o’ringa ega); bufetlar soni 1 ta.

Sport majmualari: yopiq zallar soni 1 ta, ochiq sport maydonchalari soni 2 ta.