Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

PEDIATRIYA FAKULTETI

 

 

  

Pediatriya fakulteti dekani 

YUSUPOV SHAVKAT RAXIMBAEVICH

t.f.n, Dotsent

 

 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining pediatriya fakulteti dekani, t.f.n., dotsent. 1964 yil 20 iyulda Xorazm viloyati, Xonqa tumanida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1982-1988 yillar ToshDavMI 1-davolash fakultetida o‘qib, 1988-89 yillari Toshkent shahrida O‘zRSSV qarashli epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida internatura o‘tagan. 1989-94 yillar shu institutida shifokor, ilmiy xodim, bo‘lim boshliği vazifalarida ishlagan. 1994 yil nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1994 yildan TTA Urganch filiali yuqumli kasalliklar kafedrasida assistent va 1995-2015 yillarda kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2009-2015 yillarda jamoatchilik asosida davolash ishlari boyicha director o‘rinbosari, 2015 yildan pediatriya fakulteti dekani.  

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali pediatriya fakulteti 1993 yil tashkil qilingan. Pediatriya ishi fakultetiga 8 ta kafedra qarashli bo‘lib, ular filialning 2 ta o‘quv binosida va Urganch shahrining shifoxonalarida joylashgan. Hozirda fakultetda 455 nafar talaba tahsil olmoqda. Talabalarga 15 ta fan doktori professorlar, 35 ta fan nomzodlari, dotsentlar va 89 ta malakali o‘qituvchilar tahsil bermoqdalar. Fakultetni shu paytgacha 1000 dan ortiq talaba bitkazgan bo‘lsa, shulardan 3 nafari nomzodlik dissertatsiyasini, 2 nafari doktorlik  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Bitiruvchilarimiz nafaqat viloyat, respublika miqyosidagi, balki dunyoning etakchi davlatlarida faoliyat yuritmoqdalar. Bir qator talabalar nomzodlik stipendiyasi sohiblari bo‘lganlar. 2014-2015 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali pediatriya fakultetida pediatriya ishi va tibbiy pedagogika yo‘nalishlari mavjud. Pediatriya ishi yo‘nalishida 378 nafar talaba tibbiy pedagogika yo‘nalishida 77 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda tahsil olayotgan 455 nafar talabalardan 101 nafari Respublikamiz viloyatlari, Qoraqolpoğiston Respublikasi, Toshkent shahridan va Turkmaniston Respublikasidan kelib tahsil olmoqdalar. Fakultet talabalari zamonaviy tibbiy jixozlar bilan jihozlangan VKTTM, VBKTTM, RSHTYOIM Xorazm filiali, viloyat perinatal markazi klinikalari bazalarida tahsil olmoqdalar. Filial 2015 yilda yangidan tamirlangan, zamonaviy asbob uskunalar bilan tamirlangan 10 qavatli yangi binoga ko‘chib o‘tish arafasida.  


 

Kafedralar nomi

Kafedra mudirlari

1.

Tabiiy fanlar kafedrasi

Professor. Masharipov Sobir Masharipovich

2.

Jamoat salomatligi, SSB, umumiy gigiena, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi

Dotsent. Yusupova Orzigul Babajanovna

3.

IKP va ichki kasalliklar kafedrasi

Professor. Djumaniyazova Zulxumor Farxadovna

4.

Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiya, onkologiya kafedrasi

Dotsent. Sapaev Otabek Qodirovich

5.

Asab va ruhiy kasalliklar kafedrasi

Professor. Qilichev Ibadulla Abdullaevich

6.

Yuqumli kasalliklar, teri-tanosil kasalliklari va mikrobiologiya kafedrasi

Dotsent. Sadullaev Otanazar Qodirovich

7.

Gospital va poliklinik pediatriya kafedrasi

Dotsent. Xudayberganov Munis Ruzibaevich

8.

Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi

Katta o‘qituvchi Atadjanova Anna Shamuratovna

 


Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

[Tel]: +99862 224 84 84 [Email]: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.