+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

DAVOLASH FAKULTETI

 

 

 Davolash fakulteti dekani 

 MASHARIPOV OTABOY 

 Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent 

 Elektron pochta:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakulteti 1992 –yilda sobiq 1-ToshMI Urganch filiali tashkil qilingan davrdan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shu davr mobaynida fakultetni 1555 talaba tugatib vrachlik diplomini o‘lga kiritgan. Fakultetni bitkazib chiqqan vrachlar orasida bir qator iqtidor egalari bo‘lib, ular turli yillarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan, ular jumlasiga:

1.Duschonov.Sh.B.              -t.f.d.

2.Xudoyberganov.N.Yu.      -t.f.n.

3. Jumaniyozov.K.A.            -t.f.n.

4. Matkarimova.D.S.            -t.f.n.

kiritish mumkin. Shuningdek fakultetimizda taxsil olgan bir qancha talabalarimiz «Prezident» (Jumaniyozov.K.A.), «Ibn-Sino» (F.N.Nuraliev, N.Quramboeva, N.Atajonova, J.Jumaniyozovlar) nomdor stipendiyalari soxibi bo‘lishgan bo‘lsa, N.Atajonova «Zulfiya» mukofoti viloyat sovrindori bo‘lgan. Yuqorida nomlari tilga olingan shifokorlarimiz xozirgi kunda yurtimizning turli burchaklarida xalqimiz dardiga darmon bo‘lishmoqda.

Fakultet tashkil qilingan davrda dekan lavozimida t.f.d.professor B.A.Xidoyatov faoliyat ko‘rsatib, yangi tashkil qilingan o‘quv dargoxining rivojlanishi, talabalar taxsil olishi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratishda filial direktori professor R.D.Kurbanov bilan birgalikda katta jonbozlik ko‘rsatgan.

1993-1995 –yillarda fakultetga k.f.d.professor S.M.Masharipov boshchilik qilgan, bu davrda laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatishi uchun kerakli bo‘lgan tibbiy jixozlar bilan ta'minlanish ancha yaxshilandi, markaziy ilmiy laboratoriya tashkil qilinishida, o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z xissasini qo‘shgan.

1995-2010 yillar fakultet boshchiligi t.f.d.professor R.B.Abdullaevga topshirildi va u 15 yildan ziyod muddat ichida fakultetni boshqarib, talabalarga nazariyani amaliyotga tadbiq qilish sir-asrorlarini o‘rgatib, talabalarni o‘z ustida muntazam ishlash,berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga o‘rgatish bilan bir qatorda ularda o‘z shaxsiga bo‘lgan xurmatni shakllantirdi.

2010-2013-yillar ichida fakultetni amaliy sog‘likni saqlash tizimidan filial tashkil topgan paytida normal, topografik anatomiya va operativ jarroxlik kafedrasiga katta laborant bo‘lib ishga kirib, izlanuvchi bo‘lib nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilgan, keyinchalik Ternopol tibbiyot akademiyasi doktoranturasiga kirib, doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilgan R.Yu.Ruziboev boshqargan. U fakultetga boshchilik qilgan davrda talabalarda ilmga bo‘lgan ishtiyoq shakllandi, bitiruvchi talabalar o‘rtasida magistraturaga, klinik ordinaturaga kirib o‘qish ko‘paydi, internet tarmog‘i bilan tanishish, undan kundalik amaliy tibbiyot uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni olish, adabiyotlarni taxlil qilish ko‘nikmalari paydo bo‘ldi.

Davolash fakultetidan imtiyozli diplom olgan talabalardan 9 (62%) tasi respublikamizning turli tibbiyot oliygoxlarining magistraturasiga, 5 (38%) tasi klinik ordinaturaga o‘qishga kirdilar.

Jumaniyazov Jasurbek Nazarboevich

Davolash fakulteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosar

Jumaniyazov Jasurbek Nazarboevich  1983 yil 22 mayda O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Chiqirchi” qishlog‘ida  tug‘ilgan.

2003 yilda Urganch Davlat universiteti “Tarix va huquq” fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. O‘quv faoliyati davomida 10 dan ortiq ilmiy, ommabop maqolalari respublika, viloyat gazeta va jurnallarida chop qilingan.

2006 yil sentyabr oyida “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi hamda  O‘zbekiston Madaniyati va san’ati forumi jamg‘armasi, Mehr-Nuri fondi tomonidan e’lon qilingan iqtidorli talabalar uchun ta’sis etilgan  stipendiyalar tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

U 2007-2012 yillar davomida Respublika “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari  lavozimida faoliyat olib bordi.

J.N.Jumaniyazov 2016 yil 3 martdan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ma’naviyat va ma’rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i  lavozimida 2017 yil 19 aprelgancha faoliyat olib bordi.  2017 yil 19 apreldan boshlab faoliyatidagi jonbozligi, faolligi, ishga bo‘lgan talabchanligi tufayli filialning Davolash fakulteti Ma’naviy-ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Xaitov Akbar Oktamboevich

O‘quv ishlari bo‘yicha Davolash fakulteti dekan o‘rinbosari

2016 yil 1 martdan   Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali umumiy jarrohlik, travmatalogiya va ortopediya kafedrasi assistenti.

2012 yilda  Toshkent tibbiyot akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalalishida, 2015 yilda  Toshkent tibbiyot akademiyasi  magistratura ta’lim yo‘nalishitravmatologiya va ortopediya tamomlagan. 

 

 

 

 

 

 

 

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.