Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Texnik foydalanish va xo’jalik bo’limi

Bo'lim Boshlig'iJonibekov Murodbek Jumanazarovich

Mobil raqam: +99891 649 87 46

E-Mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Fuqarolarni qabul qilish kunlari

Dushanba, Chorshanba, Juma soat  1400 -1700 gacha.

Shanba kuni soat  1400  gacha.

Dam olish kuni – Yakshanba.

 

Bo’limda yuqori tashkilotlardan kelayotgan qaror, buyruq va topshiriqlarni o’rganib chiqib choralar ko’rilmoqda. Qish mavsumida o’quv, xo’jalik binolari va yotoqxonalarda isitish hamda kanalizatsiya tizimlarini uzluksiz ishlashi ta’minlanmoqda. Issiqlikni tejash va undan oqilona foydalanish maqsadida Morfologiya binolar majmuasi xududida issiqlik trassalarida ta’mirlash profilaktika ishlari olib borildi.

Filial issiqlik tizimi Viloyat issiqlik manbaiga ulangan. Yong’in yoki boshqa favqulodda hodisalar sodir bo’lganda insonlarni va moddiy boyliklarni qutqaruv reja-chizmalari ishlab chiqilgan va ko’zga yaqqol tashlanadigan joylarga ilib qo’yilgan bo’lib, chiqish eshiklari maxsus chiroqlar bilan yoritilgan.

Filialning Bosh binosi, Morfologiya majmuasidagi o’quv binolari va talabalar turar joyidagi elektr tizimlari va yoritish jihozlari tekshiruvdan o’tkazilgan. Binolarda elektr energiyasini tejash maqsadida oddiy lampalar tejamkor nakal lampalarga almashtirildi. O’quv laboratoriya, talabalar turar joylari binolari yerto’lalari, hamda cherdaklaridagi mavjud eshik va oyna romlari tuzatilib, zichlab berkitib qulflandi. Yong’in nazorati xizmatining xududiy tashkilotlari bilan birgalikda filialning binolari va inshootlari holatini joyida o’rganib, ularni yong’in xavfsizligi qoida va me’yorlariga javob berishi ta’minlanmoqda. Barcha deraza romlari pilyonka qoplamasi bilan berkitildi, ta’mir talab eshiklar qayta ta’mirlandi.

Filialda yong’in xavfsizligini oldini olish maqsadida xonalarda qo’lbola isitish va elektr asboblaridan foydalanish qat’iyan man qilingan. Kabellarni himoya qobiqlari qayta tekshiruvdan o’tkazildi. Yong’inga qarshi kurashish anjomlari bilan jihozlangan holda doimiy ishchi holatda bo’lishi ta’minlanib, ishlari doimiy nazoratga olinmoqda. Barcha elektr taqsimlovchi shitlardagi saqlagichlar holati nazoratdan o’tkazilib turibdi. Ichimlik suvi va oqava suv tarmoqlari soz holatda.

O’quv xonalaridagi mebel va jihozlar soz holatga keltirilgan. Kommunal xizmatlarda uzilish bo’lgan holda tezda xabar berish uchun ishonch telefon raqamlari ko’rsatilgan eslatmalar mavjud. O’quv binolaridagi xona va auditoriyalar, hamda talabalar turar joylarida, binolar joylashgan xududlarda yong’in va texnika xavfsizligi bo’yicha me’yoriy qoidalarga amal qilishini ta’minlab, yotoqxonalarda yong’in xavfsizligi bo’yicha javobgar shahslarni tayinlab, xonalarga berkitib chiqilgan.

Atrofda to’plangan qurilish va maishiy chiqindilar Shahar tozalash korxonasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan o’z vaqtida olib chiqib ketilishi doimiy ravishda yo’lga qo’yilgan. Xona va auditoriyalar sanitariya-gigiyena me’yoriy talablari darajasida.


 

- Rahbarligidagi xodimlarini umumiy boshqarish;

- Ish rejalarini tuzish va ijrosini ta’minlash;

- Filial binolari va atrof muhitini talab darajada saqlanish, ularga xizmat ko’rsatish ishlarini boshqarish;

- Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishga rahbarlik qilish;

- O’quv, laboratoriya va talabalar turar joylari binolarini o’quv va yumshoq mebel bilan jihozlash ishlarini boshqarish;

- Xonalardagi jihozlarni talab darajada saqlanishini nazorat qilish;

- Xo’jalik ishlariga ajratilgan mablag’ va xo’jalik ashyolarini tejamli sarflanishini nazorat qilish;

- Filialga tashrif buyurgan mehmon va delegatsiyalarni qabuli bo’yicha ishlarni tashkil qilish;

- Filial atrof muhitini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlariga rahbarlik qilish;

- Filialda o’tkaziladigan majlis, konferensiya va shu kabi boshqa anjumanlarni tashkiliy ishlarni tashkil qilish.

Bilishi kerak:

Bo’limni yuritishga taaluqli Nizom, yo’riqnoma va me’yoriy hujjatlarini, filial ichki tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlarni bilishi.

Malakali talablari:

- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, madaniyatli, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik bilan ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo’lishi;

- Oliy ma’lumotga ega bo’lishi;

- O’z sohasiga tegishli masalalar bo’yicha axborot va ma’lumotlardan xabardor bo’lishi zarur.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

TTA Urganch Filiali

BIZNING MANZIL

Urganch shahri Al-Xorazmiy 28

  • Тel: +99(862) 224 84 84

Ishonch telefoni

  • Тel: +99(862) 224 83 82

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700 

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.