Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Marketing bo'limi

 

Xudaybergenov Hayitboy Sotimovich

Marketing bo‘limi boshlig‘i

Tel: +99(891) 426-20-70

E-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Asosiy maqsadimiz

O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi va Oliy o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi hamda hukumatimiz tomonidan belgilangan talablarga javob beradigan va aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsata oladigan yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan malakaliy umumiy amaliy shifokorlarni tayyorlashdan iborat.

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvar 48 sonli «Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarori va «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998  yil 3 fevral 12-raqamli buyrug‘i» asosida Marketing xizmati  bo‘limi nizomi ishlab chiqildi.

Mazkur Nizom Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutida Marketing bo‘limi tashkil bo‘lgan vaqtdan boshlab kuchga kirdi. Marketing bo‘limining faoliyati O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi farmonini ijro etishga  asoslanadi    

1. Ushbu Nizom Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi "Ta’lim bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 48-sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005   yil 14 oktyabrdagi "Davlat grantlari asosida taxsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlashni ta’minlash choralari to‘g‘risida"gi 225-sonli, 2005 yil 30 noyabrdagi "Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash, qabul va bitiruvchilarga respublika muassasalaridagi ehtiyoj va buyurtmalar asosida tegishli axborot bazasini yaratish buyicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 258-sonli, 2006 yil 29 maydagi "O‘zbekistan Respublikasi oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlash va yosh mutaxassislar faoliyatining monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus qomissiya tashkil etish to‘g‘risida"gi 111-sonli buyruqlari asosida ishlab chiqilgan.

2. Mazkur Nizom Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali marketing bulimi faoliyatida asosiy me’yoriy-xuquqiy hujjat hisoblanadi.

3. Marketing bo‘limi Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali mustaqil tarkibiy tuzulmasi hisoblanib bevosita direktorga bo‘ysunadi.

4. Bo‘lim boshqaruvi marketing bo‘limi boshlig‘i tomonidan amalga oshirilib, TTA Urganch direktori tomonidan lavozimga belgilanadi va lavozimdan ozod etiladi.

5. Marketing bo‘limining ishchilar soni va tarkibi direktor tomonidan belgilanadi va shtat jadvalida aks ettiriladi.

6. Bo‘lim boshlig‘i hujjatlashtirishni boshqarish bo‘yicha mas’ul shaxs deb hisoblanadi.

7. Marketing bo‘limi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiradi:

  • Tashqi normativ hujjatlar: O‘zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, "Oliy ta’lim to‘g‘risida"gi Nizom, amaldagi Mehnat Qodeqsi, qonunchilik hamda ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-xuquqiy hujjatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash Vazirligining buyruqlari, boshqaruv va normativ hujjatlari;
  • Ichki normativ hujjatlar: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ustavi, ichki mehnat tartib qoidalari, akademiyaning mahaalliy normativ aqtlari (instruqsiya, standart va b.), rektor buyruqlari, bo‘lim dasturlari va rejalari hamda mazkur Nizom.

 

Hadjiyeva Feruza Aripjonovna

Marketing bo‘limi: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektori. Ma’lumoti: Oliy 1991 yil 27 aprel  Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. 2012-2015 yilda TTA Urganch filiali Davolash fakulteti OHI yo’nalishini tugatgan. 2015 yildan TTA Urganch filiali Marketing bo‘limi Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha katta inspektori lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 

 

 Axmedov Sadulla Davronbek o’g’li

Marketing bo‘limi: To’lov-kontrakt asosida o’qitish bo’yicha shartnomalani rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi inspektori. Ma’lumoti: o’rta- maxsus 1994 yil 4 avgust Xorazm viloyati Urganch  tumanida tug‘ilgan. 2010-2013 yilda  Xorazm viloyati Urganch tumani Maishiy xizmat kasb-hunar kollejini tugatgan. 2013 yilda TTA Urganch filiali Hisobot bo‘limida nazoratchi. 2015 yildan TTA Urganch filiali Marketing bo‘limi To’lov-kontrakt asosida o’qitish bo’yicha shartnomalani rasmiylashtirish va hisobga olish guruhi inspektori lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Marketing bo‘limi quyidagi maqsadda tashkil qilingan:

  • ta’lim xizmatlari bozorida Toshkent tibbiyot akademiyasini Urganch filiali faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yunalishlari va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taksimlash jarayonini is’temolchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lgusi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish;
  • reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish;
  • ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bitiruvchilariga ehtiyoj bildiradigan sog‘likni saqlash sohasidagi tashkilotlar bilan munosabatlarni ularning talablari va ehtiyojini o‘rganish maqsadida aloqalarni tashkil etish va o‘zaro munosabatlarni ushlab turish;
  • turdosh sohadagi tashkilotlar bilan maqsadli to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorgarligi bo‘yicha shartnomalik munosabatlarini shakllantirish.

Marketing bo‘limining asosiy vazifasi bo‘lib Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali brendi hamda ta’lim dasturlarini olg‘a surish bo‘lib hisoblanadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali maqsadidan kelib chiqqan holda marketing bulimi uzining kundalik faoliyatida kuyidagi vazifalarni bajaradi:

 

  1. Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo‘uyilgan, ya’ni bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari buyicha bitiruvchilarning kasbiy maxoratini (malakaviy sifatlarini) o‘rganish ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlagan holda fakultetlar, tegishli kafedralar va ilmiy, o‘quv-metodik b o‘limlarga buyurtmachilar (iste’molchilar) tavsiyalarini taqdim etish.
  2. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga raxbarlik xamda DAK tarkibiga ish beruvchi (buyurtmachi) korxona va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish.
  3. Ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, ularni ishga joylashtirish, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish markazlari (poligonlari, amaliyot bazalari) tashkil etish bo‘yicha asosnoma va takliflar tayyorlash hamda moddiy-texnik hamkorlikka oid shartnomalar tuzish, shuningdek ular bilan qaytar alokalarni o‘rnatish.
  4. Talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti bazalarini aniqlash maksadida korxonalar, tashkilotlar va xususiy xujaliklar bilan alokalar urnatish xdmda shartnomalar tuzish, ish beruvchilar (iste’molchilar)ning bitiruvchilar xaqidagi fikrlari (e’tirozlari, yosh mutaxassisning kamchiliklari, rad qilinishi sabablari) va ta’lim sifatini oshirishga oid takliflari asosida amaldagi ta’lim mazmuniga muayyan o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
  5. Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini xisobga olgan holda yangi ta’lim (tayyorlov) yunalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini tuxtatish buyicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish beruvchiga ega bo‘lmagan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini aniqlash.
  6. Sog‘liqni saqlash sohasidagi tashkilotlarga maqsadli to‘lov- kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash buyicha shartnomalik munosabatlarini shakllantirish maksadida ularni hamkorlikka taklif qilish.
  7. Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniklash maksadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yunalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalari)ni xisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt buyicha joriy va istikbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.
  8. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali bitiruvchilarini ishga taksimlash buyicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bulgan real extiyojlariga muvofik bitiruvchilarni ishga taksimlash rejalarini (dastlabki, aniklashgan) ishlab chiqish va yakuniy taksimotni o‘tkazib, uning natijalari buyicha bitiruvchilar shaxsiy taksimot kaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.
  9. Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning joylashishiga oid barcha zaruriy xujjatlarni (diplomdan kuchirma, ishga yuborilganlik tugrisida yo‘llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot kaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish.
  10. Taqsimot  komissiyasi tomonidan ishga taksimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan xollarda qayta taqsimlash yoki mustakil ishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi komissiyasiga murojaat etish.
  11. Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga axborotlar vositasida ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini tanlash, ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televideniye, elektron aloka, veb-sayt) orkali bitiruvchilar to‘g‘risida (viloyatlar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilinishini, Toshket tibbiyot akademiyasi veb-saytida joylashtirilishini, ma’lumotnomalar nashr kilish va ularning iste’molchilar (ish beruvchilar)ga yetkazilishini ta’minlash, reklamalar mazmuni, reklama modullarining homaki nusxalari, makolalar matnlari, video - i audiotasmalar ssenariylarini tayyorlashda ishtirok etish.
  12. Bakalavriat yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari buyicha bitiruvchilarni ishga taksimlashda yordamchi-vositachilik tuzilmalarini tanlash (xokimiyatlar, mehnat va axolini ijtimoiy himoya qilish boshkarmalari (bulimlari), savdo-sanoat palatasi, agentliklar, ishonchli vakillar va x.k.) va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
  13. Bakalavriat yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish kilish maksadida Toshkent tibbiyot akademiyas Urganch filialining respublika, mintakaviy va xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash, muassasa hududida ko‘rgazma va vitrinali ekspozitsiyalar tashkil etish.
  14. Joriy yilda vao‘tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan qaytar aloqalar o‘rnatish, zaruriy xollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko‘rsatish, maslaxatlar berish hamda mehnat faoliyati natijalarini umumlashtirish.
  15. Marketing tadkikotlari buyicha yillik hisobotni tayyorlash va uni soglikni saklash hamda turdosh soha tashkilotlarining faktik surovnomasi asosida xar bir mutaxassislik reytingini belgilagan holda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ilmiy kengashida taqdim qilish.
  16. Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta’lim yunalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha taqsimlanishi, ukitish tillari va x.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish.
  17. Bakalavriat yo‘nalishlari va Klinik ordinotura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mexnat faoliyati natijalari buyicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining ichki xisobotini yuritish va tashkil etish, marketing xizmati bo‘limining yillik xisobotini tayyorlash.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiining Marketing bo‘limi faoliyatiga mas’ul bo‘lgan prorektor hamda Marketing bo‘limi boshlig‘i quyidagi xuquqlarga ega:

  1. Toshkent tibbiyot akademiyasining tegishli bo‘linmalari (ilmiy va uslubiy kengashlar, ukuv va uslubiy bo‘linmalar, fakultetlar, ilmiy  bulimi, kafedralar va x-k.) boshliklaridan normativ xujjatlar, buyruklar, Marketing bulimiga oid savollar buyicha kengash qarorlarini xamda Marketing bo‘limi vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yozma yoki og‘zaki axborotlar taqdim qilishni talab qilish.
  2. Marketing bo‘limi faoliyatiga tegishli hujjatlar yoki boshqa ma’lumotlarni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining tegishli bo‘linmalariga ilmiy va uslubiy kengashlar, o‘quv va uslubiy bo‘linmalar, fakultetlar, ilmiy bo‘lim bo‘limi, kafedralar va x,.k.) taqdim qilish.
  3. Marketing bo‘limi vakolatlariga kiruvchi savollar muxokamasi buyicha majlislarda ishtirok etish.
  4. Marketing bo‘limining ish faoliyati bilan bog‘liqk bo‘lgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining boshqa bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.
  5. Marketing b o‘limining u3 xuquqlari doirasida qarorlar qabul qilish.
  6. Marketing bo‘limi vakolatlariga kiruvchi savollar bo‘yicha filial nomidan boshqa tashkilotlarda ishtirok etish, majlislar, seminarlar va konferensiyalar tashkil qilish.
  7. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ma’muriyati bilan kelishilgan holda Marketing bo‘limi vakolatlariga kiruvchi savollar buyicha xatlarga javob berish.
  8. Marketing bulimi faoliyatining asosiy yunalishlarini belgilash, xodimlar majburiyatidagi taalluqli masalalar majmuini aniqlash, ularning lavozim vazifalarini tasdiqlash.
  9. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ma’muriyati hamda kadrlar b o‘limiga Marketing b o‘limi xodimlarinio‘zgartirish, ularni muvoffaqiyatli ishlari uchun mukofotlantirish hamda mehnat tartibini buzgan xodimlarni jazolash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  10. Marketing bo‘limi boshlig‘i tomonidan bo‘lim faoliyatiga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlarga (reja, shartnomalar, xisobotlar, smeta, ma’lumotnomalar va b.) viza qo‘yish.
  11. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining professor-ukituvchilari va ish beruvchi (iste’molchi) muassasa, korxona va tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini (kelishuv asosida) o‘rnatilgan tartibda marketing tadqiqotlarini utaazish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash hamda ular haqidagi axborotlarni tarqatish tizimini loyixalash va tashkil qilishga jal b etish.
  12. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib, bitiruvchilarni ishga taqsimlashning mavjud tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish yoki uni takomillashtirish bo‘yicha Ilmiy kengashga takliflar kiritish.

Mazkur Nizomga muvofiq yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, barcha faoliyat yunalishlari bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish hamda bo‘lim xodimlarining samarali faoliyati uchun sharoitlar yaratishga tuliq javobgarlik Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining direktori hamda Marketing bulimi boshligi zimmasiga yuklatiladi.

Marketing bo‘limining har bir xodimi lavozim kursatmalarida belgilab utilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga javobgarlik xodimning zimmasiga yuklatiladi.

Bo‘lim xodimlar va bo‘linmalar (prorektorlar, fakultet dekanlari, ilmiy bo‘limi boshligi, taalluqli kafedralar mudirlari, tegishli bo‘linmalar boshliqlari) ning mas’uliyat darajasi lavozim vazifalariga muvofiq belgilanadi.

Marketing bo‘limi xodim lari quyidagilarga javobgardir:

  1. Toshkent tibbiyot akademiyasining Ilmiy kengashining qarorlarini, rejalar, direktor hamda prorektorlar tomonidan yunaltirilgan buyruq va qarorlarni uz vaqtida bajarish.
  2. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ma’muriyati hamda boshqa aloqador tashkilotlarga Marketing bo‘limi vakolati doirasida berilayotgan axborotlarni kengligi va ishonchliyligi.
  3. Belgilangan mehnat intizomiga, ichki mehnat tartibiga hamda texnika xavfsizligiga rioya qilish.

Amaldagi qonunchilikka, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining ustavi, normativ aqtlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish.

  1. Marketing bo‘limida belgilangan mehnat intizomiga hamda ichki tartibga rioya qilish kadrlar bo‘limi hamda Marketing bo‘limi boshligi tomonidan nazorat qilinadi.
  2. Marketing bo‘limida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish mehnat, atrof muhitni muxofaza qilish va yongin xavfsizligi b o‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
  3. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Ichki inspeksiyasi bo‘limi tomonidan Marketing bulimining davriy ichki auditi olib boriladi.
  4. Marketing bo‘limi o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta xisobot beradi.
  5. Marketing bo‘limi faoliyati Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali rektori tasarrufida bo‘ladi hamda direktor, prorektor yoki bulim tomonidan yo‘naltirilgan reja, qaror va buyruklarning uz vaktida bajarilishi va sifati Marketing bulimi boshlig‘i tomonidan nazorat qilinadi.
  6. Marketing xizmati bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosi buyicha tegishli ma’lumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligiga taqdim etadi.
  7. Marketing bo‘limi faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan muvofiklashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinadi.
  1. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialidirektori, prorektori tomonidan y o‘naltirilgan rejalar, qarorlar va buyruqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi.
  2. Marketing bo‘limi xodimlari tomonidan funksional vazifalarini bajarishida kamchiliklar, tanbexlar va shikoyatlarning mavjudligi.
  3. Maqsadli shartnoma asosida tayyorlanuvchi talabalarning miqdori hamda mazkur shartnomalar asosida jalb qilingan moliyaviy vositalar hajmi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

[Tel]: +99862 224 84 84 [Email]: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.