Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Kadrlar bo'limi

 

 

Matkurbanova Sayyora Baxramovna

Bo`lim boshlig'i 

Tel:(+99893)745 48 40

Email 

 

 

 

Kadrlar bo’limida ishni to’g’ri tashkil qilish va ish yuritishni namunali yo’lga qo’yish, ishga mas’uliyat hissini oshirish maqsadida xodimlar o’rtasida quyidagi tartibda xizmat vazifalari taqsimlanadi:

Bo’lim boshlig’ining vazifalari

1.Kadrlar bo’limida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, xodimlar o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning mas’uliyatini oshirish choralarini ko’radi.

2.Professor-o’qituvchilar va ishchi-xizmatchilar bo’yicha tayyorlangan buyruqlar loyihasini ko’rib chiqadi va o’z munosabatini bildiradi.

3.Bo’lim xodimlari faoliyatini nazorat qilib boradi.

4.Bo’lim ish rejasining ijrosini ta’minlaydi.

5.Xodimlar ko’nimsizligini umumlashtirib boradi, ishchi-xodimlarning ishga kelish-ketishi ahvolini o’rganadi.

6.Xodimlarning kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda mehnat ta’tili jadvalini tuzadi va uning ijrosini ta’minlaydi.

7.Ilmiy kengash ishida qatnashadi, bo’sh o’rinlarga tanlov o’tkazish to’g’risida matbuotda e’lon beradi.

8.Rahbarlik lavozimlariga rezerv kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.

9.Ichki mehnat tartib-qoidalari va jamoa shartnomasining kadrlar bo’limiga tegishli qismi ijrosini ta’minlaydi.

10.Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga o’z vaqtida munosabat bildirilishini ta’minlaydi.

11.Bo’limda ijro intizomiga rioya qilinishini qat’iy nazorat qiladi.

12.Rahbariyat tomonidan kadrlar masalasiga oid berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Professor-o’qituvchilar bo’yicha katta nazoratchining vazifalari.

Professor-o’qituvchilarning ishga qabul qilinishi, ishdan bo’shashi, ta’tili va boshqa tegishli buyruqlarni tayyorlaydi.

Professor-o’qituvchilar shahsiy varaqalarining to’la bo’lishini ta’minlaydi, ularning ish faoliyatidagi o’zgarishlarni vaqtida qayd qilib, to’lg’azib boradi, yilda bir marta so’rovnoma va ma’lumotnomani ular bilan taqqoslaydi.

Xar bir chiqarilgan buyruqni ro’yhatdan o’tkazib, tegishli bo’limlarga tarqatadi. Xodimlarni buyruqlar bilan tanishtiradi.

Professor-o’qituvchilar tomonidan mehnat qonunchiligi va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish ahvolini o’rganib boradi.

T-2 formasining to’g’ri va aniq yuritilishini ta’minlaydi. Professor-o’qituvchilarga navbatdagi mehnat ta’tili va bepul ta’til, ijodiy ta’tillar berish to’g’risida buyruqlar tayyorlash bilan birga, ularning qonuniyligini o’rganadi va masalada yurist hamda kadrlar bo’limi boshlig’I va tegishli direktor muovinlari bilan kelishib boradi.

Professor-o’qituvchilarni rag’batlantirish, intizomiy jazoga tortish to’g’risida tegishli hujjatlar asosida buyruq loyihalarini tayyorlaydi va ularning tug’ilgan kunlari, yubileylari to’g’risida taklif beradi va kadrlar bo’limi boshlig’iga ma’lum qilib boradi.

Ishga qabul qilinganlarni filial ichki tartib-qoidalari hamda jamoa shartnomasi bilan tanishtiradi. Tanlov o’tkazish to’g’risidagi nizom talablari bilan tanishtiradi.

Ishdan bo’shagan professor-o’qituvchilarning hujjatlarini hamda saqlash muddati o’tgan hujjatlarni idoraviy hamda Davlat arxiviga topshirish masalasini hal etadi.

Har yili yanvar oyida Sog’liqni saqlash boshqarmasiga hisobot berib boradi.

Har chorakda Viloyat statistika boshqarmasiga hisobot berib boradi.

Yuqori tashkilotlardan keladigan xatlarga belgilangan muddatda javob tayyorlaydi. Ijro muddati o’tgan xatlarning nazorat kartochkalarini o’z vaqtida to’ldirib, devonxonaga topshiradi.

Kadrlar bo’limi boshlig’I tomonidan berilgan qonuniy topshiriqlarni bajaradi.

Ishchi-xizmatchilar bo’yicha nazoratchining vazifalari

Ishchi-xizmatchilarning ta’tili, ishdan bo’shashi, ishga qabul qilinishi va boshqa tegishli buyruqlarni tayyorlaydi.

Ishchi-xizmatchilarning shaxsiy varaqalarini to’la bo’lishini ta’minlaydi, ularning ish faoliyatidagi o’zgarishlarni vaqtida qayd qilib, to’lg’azib boradi, yilda bir marta so’rovnoma va ma’lumotlarni ular bilan taqqoslaydi.

Har bir chiqarilgan buyruqni ro’yxatdan o’tkazib, tegishli bo’limlarga tarqatadi. Xodimlarni buyruqlar bilan tanishtiradi.

Ishchi-xizmatchilar tomonidan mehnat qonunchiligi va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish ahvolini o’rganib boradi.

T-2 formasining to’g’ri va aniq yuritilishini ta’minlaydi.Ishchi-xizmatchilarga navbatdagi mehnat ta’tilini va bepul ta’til berish to’g’risida buyruqlar tayyorlash bilan birga, ularning qonuniyligini o’rganadi va bu masalada yurist hamda kadrlar bo’limi boshlig’I bilan kelishib boradi.

Ishchi-xizmatchilarni rag’batlantirish, intizomiy jazoga tortish to’g’risida tegishli hujjatlar asosida buyruq loyihalarini tayyorlaydi va ularning tug’ilgan kunlari, yubileylari to’g’risida taklif beradi va kadrlar bo’limi boshlig’iga ma’lum qilib boradi.

Ishga qabul qilinganlarni filial ichkitartib-qoidalari hamda jamoa shartnomasi bilan tanishtiradi. Ishdan bo’shagan ishchi-xizmatchilarning hujjatlarini hamda saqlash muddati o’tgan hujjatlarni idoraviy hamda Davlat arxiviga topshirish masalasini hal etadi.

Har oyda bandlikga ko’maklashuvchi tashkilotga hisobot berib boradi.

Kadrlar bo’limi boshlig’I tomonidan berilgan qonuniy topshiriqlarni bajaradi.

 

Bo'lim xodimlari

 

 

 

SHAMSUDINOVA MAFTUNA TOLIBOVNA

Kadrlar bo`limi katta nazoratchisi

Tel:(+99897) 790 97 33

E-Mail:

 

 

 

 

 

ATADJANOVA GULSARA ATADJANOVNA

Kadrlar bo`limi nazoratchisi

Tel:(+99897) 511 43 98

E-Mail:

Download Template Joomla 3.0 free theme.

TTA Urganch Filiali

BIZNING MANZIL

Urganch shahri Al-Xorazmiy 28

  • Тel: +99(862) 224 84 84

Ishonch telefoni

  • Тel: +99(862) 224 83 82

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700 

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.