+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Axborot resurs markazi

1992 yilda Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari rektorlari, professor T. O. Daminov va professor H. Yo. Karimovning ko'r-satmasiga asosan Urganch filialiga tibbiyotga oid 5 mingdan ortiq darslik va qo'llanma kitoblari ajratilgan. Filial kutubxonasi mudiri vazifasini bajargan Viloyat tibbiyot kutubxonasi direktori M. Polvonovaning sa'y-harakatlari bilan viloyat "Kitobsavdo" bazasi, kitob do'konlari va ayrim tumanlar markaziy kutubxonalaridan tibbiyotga doir nashrlar tanlab olindi va kutubxona fondi to’ldirildi.

 

Dastlabki yillarda filial kutubxonasi ma'muriy binoda joylashgan bo’lib unda 30 o'rinlik kichik o'quv zali bor edi. 1998 yilda kutubxona asosiy o'quv kafedralari joylashgan yangi binoga ko'chirildi. Natijada yangi joyda kitoblarni saqlash xonalari, 2 ta o'quv zali va uning "Talabalar uyi"dagi bo'limi tashkil etildi. Kutubxona mudirasi G. Karimova boshchiligida o'qituvchi-pedagoglar va talabalarni yangi darslik, qo'llanma, ilmiy jurnallar va vaqtli matbuot nashrlari bilan yetarli darajada ta'minlashda astoydil harakat qilindi.

 

Filial kutubxonasidagi kitoblar soni yildan-yilga ortib bordi. 1992 yilda kutubxona fondidagi kitoblar soni 5644 tani tashkil qilgan. Bugungi kunda kitoblarning umumiy fondi – 5130 nomda 57385 sonda tashkil qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlanishi tashkil etish to‘g‘risida” gi qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiaining 2006 yil 6 iyuldagi №71-IB sonli buyrug‘iga asosan Axborot-resurs markazi tashkil etildi. 2006 yil Axborot-resurs markaziga Sh. Bekchanova rahbarlik qilgan, 2014 yildan Sh. J. Sultanova rahbarlik qiladi.

 

Axborot-resurs markazida 5 ta bo‘lim mavjud:

-ilmiy uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi;

-axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi;

-axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi (abonementlarga xizmat ko‘rsatish, o‘quv zallari va kitob saqlashni inobatga olgan holda);

-elektron axborot resurslari bo‘limi;

- xorijiy axborot kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi.

 

Axborot-resurs markazida 13 ta  xodim faoliyat ko’rsatadi, shulardan 7 nafari oliy, shundan 3 tasi kutubxonashunoslik mutaxassislikka ega, qolgan 6 nafari o’rta-maxsus ma’lumotli mutaxassislar.

 

Urganch shahrida joylashgan “Shodlik” mahallasida 1-tarmoq kutubxonasi faoliyat ko’rsatadi. Tarmoqning umumiy fondi 7042 sonda 2741 nomdagi kitoblarni tahskil etadi va aholiga namunali xizmat ko’rsatadi.

 

Talabalar va professor-o’qituvchilar uchun ARMda keng imkoniyat va sharoitlar yuaratilgan. Elektron kutubxonadagi mavjud ma’limotlar bazasida 6038 ta elektron resurslar jamlangan. Oquv zallari 3 ta bo’lib, 150 o’ringa mo’ljallangan. 1 ta xona elektron kutubxonasida 23 ta kompyuterlar bilan ta’minlangan va ularning barchasi lokal tarmoqqa hamda Internet va ZiyoNetga ulangan. Kaferrada o’qitiladigan fanlarning audio va video fayllari professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlanib ARM ma’lumotlar bazasida talabalarning mustaqil foydalanishi uchun sharoit yaratilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan “Kitob mahsulotini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash  bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlar o‘rtasidagi muloqotni yaxshilash, kitobga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplashda o‘z samarasini bermoqda.

 

Axborot-resurs markazi fondi o‘quv adabiyotlari bilan bir qatorda badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar xarid qilinib to‘ldirib borilmoqda.

 

Prezident Qarori asosida filial ARMida “Kitobxonlar klubi” tashkil etildi va bugungi kunda o‘z faoliyatini yuritmoqda.

 

ARMda yoshlarni vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg’usini singdirish maqsadida davra suhbati, adabiy kecha, seminar-treninglar, kitob taqdimotlari, kitob bayrami va yarmarkalari o’tkaziladi. O’tkazilgan barcha tadbirlar filial www.urgfiltma.uz saytida yoritilib boriladi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.