Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

Ollaberganov Mardon Ismoilovich
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig’i

Tel: +998972115672

      

E-Mail:

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son Qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko’tarish, uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o’quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 2017 yil 18 iyuldagi 515-son Qarorining 14-bandiga asosan filialda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim tashkil etildi.

Quyidagilar filial Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limining asosiy vazifalari etib belgilandi:

- filial talabalari bilimlarining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish hamda filialni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar to’g’risidagi ma’lumotlarni Filial direktoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;

- ta’lim tizimida o’quv-tarbiya jarayonlari, professor-o’qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

- talabalar bilimlarining O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari, Davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, Filial muassasalari reytingini aniqlash.

Bo’limda 3 nafar xodim: bo’lim boshlig’i – Ollaberganov Mardon Ismailovich va ikki nafar bosh mutaxassis – Yuldashov Jasurbek Azatovich hamda Kuryozov Furqat Odilbekovichlar faoliyat olib bormoqda.

Bo’lim o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda filial direktorining buyruqlari va qonuniy ko’rsatmalariga, shuningdek, bo’lim to’g’risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

 

Yuldashov Jasurbek Azatovich

Bosh mutaxassis

Tel: +99890 719 70 43

Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


Quryozov Furqat Odilbekovich

Bosh mutaxassis

Tel: +99897 510 80 64

Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.


ONLINE SO'ROVNOMA

1. Ish beruvchilar uchun so'rovnoma

2. Ota-onalar uchun so'rovnoma

3. Filial bitiruvchilari uchun so'rovnoma

4. Talabalar uchun so'rovnoma