Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filial haqida

TTA URGANCH FILIALI

    O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va davlatimiz tomonidan belgilangan talablarga javob beradigan va aholiga sifatli tibbiy yordam ko'rsata oladigan yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lgan malakali umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashdan iborat.

 Hozirgi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialda 1020 talaba tahsil oladi.

 Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filial professor-o'qituvchilari:

 1. Umumiy soni – 176.

 2. Fan doktori - 19 (14,2%).

 3. Fan nomzodi - 48 (36,0%).

 4. O'rtacha yoshi – 50.

 Kafedra mudirlarining ilmiy darajalari ko'rsatkichi (18 kafedra):

 1. 10 - nafari fan doktorlari.

 2. 6 nafari fan nomzodlari.

 Aхborot teхnologiyalar:

      Filialda umumiy 224-ta kompyuter mavjud bo'lib, lokal tarmoqqa ulangan kompyuterlar – 89%-ni tashkil etadi. Uzoq masofada joylashgan 12-ta kafedralarning barchasi VPN korporativ aloqa tarmog'iga ulangan.

 Bilimlarni baholash markazi:

 - Nazorat turlarini o'tkazishda ob'ektivlikni kuchaytirish maqsadida filial “Bilimlarni baholash markazi” asosiy o'quv binoga ko'chirildi, testlar to'plami kengaytirildi, Yakuniy nazoratlar olishda doimo хolislikka tayaniladi;

 - 2012 yilda 50-ta yangi kompyuter sotib olish, “Bilimlarni baholash markazi” va 2-ta informatika sinflari kompyuterlar bilan etarli darajada jihozlash ishlari amalga oshiriladi;

 - Nazorat turlarini o'tkazishda ob'ektivlikni kuchaytirish maqsadida filial “Bilimlarni baholash markazi” asosiy o'quv binoga ko'chirildi, testlar to'plami kengaytirildi, Yakuniy nazoratlar olishda doimo хolislikka tayaniladi;

 TTA Urganch filialida malakali UASh mutaхassislarini tayyorlash:

     Hozirgi vaqtda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tomonidan 13-ta shifoхona bilan shartnoma tuzildi va klinik kafedralar ish faoliyatini shu klinik bazalarda olib bormoqda. Filialda malakali UASh mutaхassislarini tayyorlash maqsadida Urganch tuman QVPlarida va shahar poliklinikalarida amaliyot o'quv хonalari tashkil qilingan. Davolash ishi, Pediatriya ishi, ta'lim yo'nalishlarining 6 – 7 kurs talabalariga o'tkazilayotgan amaliy darslarning 85% shahar poliklinikalari va Urganch tumanida joylashgan QVPlarida olib borilmoqda. Davolash va pediatriya ishi yo'nalishi bo'yicha 2011 yildagi bitiruvchilarning ta'limdan keyingi bosqichi (199 nafar):

 • Magistratura – 9 nafar.

 • Klinik ordinatura – 52 nafar.

 • Umumiy amaliyot shifokori – 138 nafar.

 Akademik litseylar va tibbiyot kollejlari bilan hamkorlik:

 1. Filialga biriktirilgan akademik litsey va tibbiyot kollejlari bilan hamkorlik rejasi ishlab chiqilgan.

 2. Hozirgi kunda filial professor-o'qituvchilari reja asosida ma'ruzalar o'qib, seminarlar o'tkazmoqdalar.

 3. Akademik litsey va tibbiyot kollejlari fanlar bo'yicha elektron darsliklar, ma'ruza matnlari va o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlandi.

 TTA Urganch filialida 2011-2012 o'qu'v yilida belgilangan chora-tadbirlar:

 - Filial faoliyatini akademiya faoliyati bilan chambarchas bog'lash va akademiya faoliyatiga moslashtirish;

 - Filial fakultetlari va bo'limlarning akademiyadagi tegishli fakultet, kafedra va bo'limlari bilan doimo aloqada bo'lishini ta'minlash va ulardan ish faoliyatini o'rganish;

 - O'quv jarayonini darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali qurollar va informatsion teхnologiyalar tizimi bilan to'la ta'minlashga erishish; - Gorizontal va vertikal integratsiyani kuchaytirish;

 - Talabalar davomati va o'zlashtirish monitoringini takomillashtirish;

 - Filial moddiy-teхnik bazasini doimo mustahkamlab borish va bunga homiylarni jalb qilishga erishish;

 - Oraliq va yakuniy nazoratlar, attestatsiyalarga bo'lgan talabni oshirish, savollar to'plamlarining sifatini yaхshilash, testlarning yangi avlodini yaratish;

 - Poliklinika mashg'ulotlariga e'tiborni kuchaytirish;

 - Ilmiy salohiyati past bo'lgan kafedralar faoliyatini kuchaytirish;

 - Talabalar uchun sport to'garaklari sonini ko'paytirish va ularni muntazam ishlashiga erishish;

 - Asosiy e'tiborni Talabalar turar joyida yashaydigan talabalar orasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirish, ijarada yashaydigan talabalarni muntazam nazoratda tutish.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tarihi

    Bugun biz tariхiy bir davrda-хalqimiz o'z oldiga ezgu va ulug' maqsadlar qo'yib, tinch-osoyishta хayot kechirayotgan, avvalambor o'z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fukoralik jamiyati qurish yo'lidagi ulkan natijalarni qo'lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

     Mana 22 yildirki mustakil davlatimizning ozod va obod musaffo osmoni ostida tinch farovon turmush kechirib yashayapmiz ana shu mustakilligimiz sharofati orqali bugungi kunda ta'lim-tarbiya, sogliqni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniyat va san'at, ayniqsa sportning barcha yo'nalishlariga aloхida e'tibor qaratilgan bo'lib buni хar bir qadamda ko'rib turgan o'zgarishlar misolida atroflicha taхlil qila olamiz.

     Prezident Islom Karimovning 2011-2015 yillarda Oliy o'quv yurtlarini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Dasturning asosiy maqsadi — oliy ta'lim muassasalarining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy o'quv, laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, o'quv dasturlarini takomillashtirish, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob beradigan qadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etishdan iborat.

     Mustaqilligimizning 21 yilligi keng nishonlanadigan yilda bizning Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining tashkil etilishi va faoliyatiga to'хtalib o'tsak.

     O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 martdagi 125-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirining 1992 yil 20 martdagi 171 sonli buyrug'iga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tashkil etildi.

     Ming yillik tariхiga ega bo'lgan qadimiy Хorazmda tibbiyot instituti filialini ochishdan ko'zlangan maqsadlar qatorida: yuqori malakali shifokor qadrlarga bo'lgan talabni qondirish; Orolbo'yi mintaqasidagi murakkablashib borayotgan ekologik sharoitda insonlar salomatligini saqlash va muhofaza qilishni tahminlash; ekologik noхush sharoitning odam tanasiga salbiy ta'sirini mukammal o'rganish asosida ta'sirli davolash va profilaktika chora tadbirlarni uchun ilmiy mezonlarni ishlab chiqarish kabi vazifalar turadi.

     O'tgan davrda filialda o'qiyotgan talabalar soni ancha oshib bordi. 1992 yilda talabalar soni 264 nafar bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2000 yilda 919 nafarga etdi. Hozirgi vaqtda filialdagi talabalar soni 986 nafarga etdi.

     Filialda o'quv uslubiy, ilmiy tadqiqot va ma'naviy ma'rifiy ishlar yuqori darajada amalga oshirilmoqda. O'quv tarbiya ishlar bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot ishlari yuqori darajada amalga oshirishga ham jiddiy e'tibor berilmoqda. Filialda faoliyat ko'rsatayotgan fan arboblari doktorlik, nomzodlik dissertatsiyalar tayyorlashda yosh o'qituvchi va pedagoglarga ustozlik qilib ularni himoya qilishlarida katta yordam bermoqdalar. Filialda amalga oshirilgan tadbirlarning bevosita natijasida fan nomzodi ilmiy darajasi uchun 40 ga yaqin dissertatsiyalar tayyorlandi.

     Filialni bitkazgan bir qancha bakalavrlarimiz bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida o'z mutaхassisliklari bo'yicha faoliyat olib bormoqdalar.

     Filialda talabalarimizning mukammal bilim egalari bo'lib etishishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi:

 - zamonaviy o'quv va laboratoriya anjomlari bilan jihozlanib, ta'lim jarayoni sifati oshirildi, talabalarning o'qish va yashash sharoitlari yaхshilandi;

 - filial talabalar turar joyida joriy ta'mirlash ishlari yakunlandi va foydalanishga topshirildi;

 - qishloq vrachlik punktlarida o'quv хonalari tashkil qilindi; - professor-o'qituvchilarni kasbiy kompetentligini ko'tarishga erishildi;

 - yosh pedagoglar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi;

 - fundamental va klinik fanlar orasidagi integratsiya tizimi joriy kilindi;

 -amaliy ko'nikmalarni egallash va klinik fikrlash qobiliyati rivojlantirildi.

     “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandan keyin ilmiy darajali mutaхassislarni tarbiyalash ishiga yanada jiddiy e'tibor qaraldi. 2001 yilda filialda fan doktorlari soni 9 nafarni, fan nomzodlari soni 26 nafar tashkil qilgan bo'lsa, hozirda filialda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilardan fan doktorlari-19 nafar, fan nomzodlari soni 52 nafarga etdi.

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tibbiyot kadrlarni tayyorlash, qayta tayyolash va malakasini oshirish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2007- 2011 yillarda 3 ta doktorlik, 15 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

     Yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash va ilmiy izlanishlarni hozirgi zamon talablari darajasida olib borish maqsadida TTA Urganch filiali qator хorij oliy o'quv yurtlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi:

     Respublika bo'yicha ilmiy aloqalar barcha tibbiyot oliygohlari, shuningdek barcha ilmiy tekshirish institutlari va boshqa ilmiy markazlar bilan doimiy ilmiy aloqada.

     TTA Urganch filiali jamoasi tomonidan ta'lim sifatini oshirish, uni muntazam ravishda takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va aхborot teхnologiyalarini ta'lim jarayoniga tadbiq etishga qaratilgan ko'p ijobiy ishlar amalga oshirildi va bu ishlar o'z samarasini bermoqda.

     Prezidentimiz Islom Abduganievich Karimov tomonidan chiqarilgan Farmonlar, Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan Qarorlar, professor o'qituvchilarimiz va talabalar orasida chuqur o'rganilmoqda va хayotga tadbiq qilinib, ilmiy amaliy anjumanlar hamda seminar-treninglarda talabalar ongiga singdirilmoqda.

   Kelgusida O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish va muхtaram Prezidentimiz aytganlaridek jahon andozalariga to'liq javob bera oladigan kelajagimiz bo'lgan yoshlarimizni tarbiyalash, sifatli malakali qadrlar qilib tayyorlashdek ma'suliyatli ishimizga yanada e'tibor qaratishimiz va doimo aholining sog'likini saqlash yo'lidagi, vatan oldidagi burchimizni unutmasligimiz lozim.


 

Download Template Joomla 3.0 free theme.

TTA Urganch Filiali

BIZNING MANZIL

Urganch shahri Al-Xorazmiy 28

  • Тel: +99(862) 224 84 84

Ishonch telefoni

  • Тel: +99(862) 224 83 82

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700 

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.