Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Xalqaro aloqalar

TTA Urganch filialida hozirgi kunda quyidagi xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro xalqaro aloqalar  yo'lga qo'yilgan.

 

TTA Urganch filiali (O'zbekiston Respublikasi) bilan Yonsey universitetining Vonjuy nomidagi tibbiyot kolleji (Janubiy Koreya)  o'rtasidagi xamkorlik shartnomasi 2010 yil noyabr oyida Janubiy Koreyada imzolangan.

06.02.2012 yil Ukrainada TTA Urganch filiali 24 ta xorijiy davlatlar OTM lari bilan birgalikda (Ukraina, Rossiya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Avstriya, Gretsiya, AQSh, Qozogiston, Gruziya, Ruminiya, Malayziya) xalqaro ilmiy-o'quv, innovatsion-texnologik konsortsium tarkibiga kirdi.

TTA Urganch filiali bilan Rossiya Prezidenti Yeltsin nomidagi Ural Davlat texnika universitetining xorijiy tillar kafedrasi o'rtasidagi kelishuv 06.02.2012 yilda Xorazm viloyati, Urganch shahrida imzolangan.

Shungdek yaqin vaqt mobaynida filialimiz pediatriya fakulteti asab va ruhiy kasalliklar kafedrasi mudiri, professor Qilichev I.A. 2015 yil 23-26 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Qrim respublikasi, Sudak shahrida o'tkazilgan Birinchi Xalqaro nevrologlar maktabida malaka oshirib keldi.

Professor Qilichev I.A. 2015 yilning 19-24 iyunida Germaniyaning Berlin shahrida bo'lib o'tgan Evropa nevrologlar akademiyasining 1 Kongressida qatnashib keldi.

“Fakultet va gospital jarroxlik” kafedrasi assistenti Quryazov O.I 2016 yilning 25-26 fevral kunlarida Rossiya federatsiyasining Sankt-Peterburg shaxrida o'tkazilgan oftalmologlar ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib keldi.

Xozirgi kunda TTA Urganch filiali bilan Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan aloqalar yo'lga qo'yish imkoniyatlari o'rganilmoqda.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

TTA Urganch Filiali

BIZNING MANZIL

Urganch shahri Al-Xorazmiy 28

  • Тel: +99(862) 224 84 84

Ishonch telefoni

  • Тel: +99(862) 224 83 82

Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700 

Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.