Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

HUJJATLAR TO‘PLAMI

ABITURIENT TOPSHIRADIGAN HUJJATLAR TO‘PLAMI!

Ta'lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza

O‘rta yoki o‘rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi

086/shakldagi tibbiy ma'lumotnoma

Fuqarolik pasporti nusxasi

3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat

Papka(skorosshivatel) 2 dona

konvert 2 dona

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Maxsus sirtqi bo‘limga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta'lim yonalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga hamda sohada kamida 3 yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

Maxsus sirtqi bo‘limlarga o‘qishga kiruvchilardan qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar ham talab qilinadi:

ish joyidan tavsiyanoma xat;

mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma.

Abiturient hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng WEB kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abiturientlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientning hujjatlari qabul qilinmaydi. 

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilib olinadi va qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.


2017/2018 ўқув йилидан бошлаб мамлакатимиз Қуролли Кучлари сафида муддатли ҳарбий хизматни ўтаб, ҳарбий қисм қўмондонлигининг тегишли тавсияномасига эга бўлган абитуриентлар олий таълим муассасаларига ўқишга киришда 50 фоизлик имтиёзга эга бўлади.

Давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 4 апрелдаги ПҚ 2967  «Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 31 майдаги ПҚ 1765 “Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари сафида муддатли ҳарбий хизматни ўтаб бўлган фуқароларга имтиёзлар тизимини такомиллаштиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги» қарорига ўзгартишлар киритиш ҳақида»ги қарори қабул қилинди. Унга кўра янги ўқув йилидан бошлаб ҳарбий қисм қўмондонлигининг тегишли тавсияномасига эга бўлган фуқароларга мамлакатимиздаги барча олий таълим муассасаларига киришда тест имтиҳонларида тўплаган баллининг 50 фоизи миқдорида қўшимча балл тақдим этилади.

Download Template Joomla 3.0 free theme.

TTA Urganch Filiali

YANGILIKLAR                                                                              FILIAL HAQIDA                                                                                    ALOQA

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100, O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy                     Tel: +99862 224 84 84 Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82                                                                      Har kuni soat 900 - 1300 va 1400 - 1700                                      Shanba kuni soat 900 - 1300  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.